Sharm-al-Shayxga bahorda borish uchun 8 ta sabab: ob-havo, mehmonxonalar, ekskursiyalar


FUN&SUN Travel sayyohlik agentligi mijozlarining fikr-mulohazalariga ko‘ra, sayyohlar bahor va kuz oylarida Sharm-al-Shayxda dam olishni juda ko‘rishadi.
Buning sababi shundaki, aprel oyida (shuningdek, oktyabr oyida) Sharm-al-Shayxda ob-havo plyaj uchun ham, uzoq muddatli sayohatlar uchun ham maksimal darajada qulay bo‘ladi.
Nima uchun aynan bahorda Sharm-al-Shayxga parvoz qilish kerak?
- Havo harorati +24...+26S gacha isiydi.
- Iliq dengiz: +24...+26S.
- Uzun kun: taxminan 12,5 soat (qishdagiga qaraganda 2 soatga uzun).
- Suvning tiniqligi: dengizda ko‘rish masofasi 30 metrgacha yetadi - bu dayving uchun ayni muddao.
- Dengizda delfinlar, skatlar va dengiz toshbaqalarini ko‘rish imkoniyati ko‘proq.
- Qulay ekskursiyalar, shu jumladan uzoq muddatli ekskursiyalar.
- Bahorda Misrda yangi qulupnay, qovun va xurmoni tatib ko‘rish mumkin.
- Shaharda odamning kamligi.
Turagentning bepul maslahatini olish uchun quyidagi tugmani bosing.

FUN&SUN Travel agentligi Toshkentdan parvoz bilan Sharm-al-Shayxga sayohatlarni taklif qiladi.
Sharm al-Shayxda bahor oylari bo‘yicha ob-havo (mart-may)
Sharm ash-Shayxdagi bahor boshqa fasllardan nimasi bilan farq qiladi? Misrda qishda salqin, yozda esa juda issiq bo‘lishi mumkin. Bahor plyajga chiqish uchun ham, faol sayohatlar uchun ham ideal davr hisoblanadi.
Kunduzgi havo harorati | Tungi havo harorati | Dengiz | |
Маrt | +24...+25С | +16...+17С | +24С |
Аprel | +27...+30С | +18...+20С | +25С |
Маy | +29...+34 | +19...+23 | +26С |
Yil fasli va oyidan qat’i nazar, quyoshda qorayishingiz mumkin. Shu sababli o‘zingiz bilan quyoshdan himoyalovchi vositalarni oling.
FUN&SUN Travel kompaniyasi turagentining bepul maslahatiga buyurtma berish uchun "Ariza qoldirish" tugmasini bosing.

FUN&SUN Travel versiyasiga ko‘ra eng yaxshi mehmonxona top 5 taligi
Har bir mehmonxona haqida batafsil bu yerdan bilib oling.
✅V Hotel Sharm El Sheikh. Sayyohlar orasida eng mashhurlaridan biri. ✅Pickalbatros Royal Grand Sharm. Pickalbatros Royal Grand Sharm. 16 yoshdan oshgan mehmonlar uchun mehmonxona - xotirjamlikni sevuvchilar uchun. ✅Pickalbatros Golf Beach Resort. Oilaviy, jumladan, yosh bolalar bilan dam olish uchunqulay. Hududda golf maydoni mavjud. ✅Domina Coral Bay Aquamarine Beach. Sharm al-Shayx markaziga yaqin joyda bunyod etilgan. ✅ Amphoras Beach. Ikki qavatli korpusli shinam mehmonxona. |

FUN&SUN Travel versiyasiga ko‘ra Sharm-al-Shayxdagi eng yaxshi ekskursiyalar
- Sharm ash-Shayx - Isroil - Iordaniyaga sayohat.
- Kvadrosiklda sahro bo‘ylab safari.
- Dengizga ekskursiya: shaffof tubli qayiqda, batiskafda sayr qilish. Snorkling, dayving.
- Ras Muhammad qo‘riqxonasiga sayohat.
- Muso tog‘iga sayohat va Avliyo Yekaterina ibodatxonasiga tashrif buyurish.
Sharm al-Shayxdagi kurort mavsumi yil bo‘yi davom etadi, bu yerda yilning istalgan faslida harorat juda qulay (Misrning turli oylaridagi ob-havo xususiyatlari haqida bu yerda batafsil o‘qing). FUN&SUN Travel kompaniyasiga 2009-yilda asos solingan bo‘lib, sizga sayohat tanlashdan to uyga qaytguningizga qadar hamrohlik qiladi.
Sharm al-Shayxga sayohatlarda 15% chegirma olish uchun quyidagi tugmani bosing.
