РУ
O’Z
UZS
/
/
“Seni o‘ylab” va shu kabi sevgi haqidagi 10 ta film – tengsiz yoki man etilgan sevgiga duch kelmaganmisiz?
12.07.2024

“Seni o‘ylab” va shu kabi sevgi haqidagi 10 ta film – tengsiz yoki man etilgan sevgiga duch kelmaganmisiz?

“Seni o‘ylab” va shu kabi sevgi haqidagi 10 ta film – tengsiz yoki man etilgan sevgiga duch kelmaganmisiz?

Sevgi borasida qoidalarni buzishdan qo‘rqmaydigan va har doim baxtli yakunga umid qiladiganlar uchun.

Yaqinda tarmoqda Enn Heteuey va Nikolas Golitsin suratga tushgan “Seni o‘ylab” treyleri paydo bo‘ldi. 

Melodramada Heteuey qahramoni 40 yoshli yolg‘iz ona bo‘lib, u qizi bir vaqtlar muxlisi bo‘lgan mashhur guruhning 25 yoshli bosh qo‘shiqchisini sevib qoladi. Yoshlaridagi farqi va ijtimoiy holatdagi tafovutga qaramay, ushbu juftlik oldinda ularni qanday qiyinchiliklar kutayotganini bilmay, munosabatlar o‘rnatishga harakat qiladi. Shunda ular masxara qilish, g‘azablantiruvchi paparatsilar va musiqachining aql bovar qilmas gastrollar jadvali kabi qiyinchiliklarga duch keladi. 

Melodrama rom-kom (romantik komediya) muxlislari orasida yuqori baholandi va tanqidchilar tomonidan yaxshi qabul qilindi. Shuning uchun ham biz “Seni o‘ylab”ga o‘xshash – tengsiz, ammo kuchli muhabbat haqidagi yangi filmlar tanlovini to‘plashga qaror qildik. 

Sevgi haqida “Seni o‘ylab” filmiga o‘xshash 10 ta filmlar

1. “Qoidalar va qoidalarsiz sevgi” (2003, AQSh)

O‘rta yoshli Gerri yosh va go‘zal Marinni sevib qoladi, ammo bu unga Erika bilan ko‘ngilxushlik qilishga to‘sqinlik qilmaydi. Ammo bir kuni Erika onasining uyida xotinbozning yurak xuruji tutib qoladi. Chaqirilgan shifokor nafaqat birinchi yordamni ko‘rsatadi, balki qizni sevib ham qoladi. 

Kinopoisk bo‘yicha reytingi: 7,2

2. “Mening eng yaxshi sevgilim” (2005, AQSh)

Bu 23 yoshli rassom va 37 yoshli tadbirkor ayolning sevgi qissasi. Ayol o‘zini noqulay his qiladi va psixologi yordamida vaziyatni tushunishga harakat qiladi va psixologi bu tengsiz muhabbatni ma’qullaydi. Keyinchalik esa, o‘sha yosh yigit psixologning o‘z o‘g‘li ekanligini bilib qoladi. 

Kinopoisk bo‘yicha reytingi: 6,9

3.  “Sevganim uchun kechir” (2008, Italiya)

Muvaffaqiyatli tadbirkor Aleks o‘zining 37-yoshini nishonlab, sevgani bilan turmush qurishni rejalashtirmoqda. Ammo sevgani uni “doimiy bolakay”likda ayblab, to‘satdan uni tark etadi. Shunday davrda taqdir qahramonga yuqori maktab o‘quvchisi Gabi ko‘rinishida syurpriz taqdim qiladi. Bu “do‘stlik” Aleksni ulg‘aytiradi va u ilk bor haqiqiy sevgini uchratganini tushunadi. 

Kinopoisk bo‘yicha reytingi: 7,6

4. “Yorqin yulduz” (2009, Avstraliya)

Ingliz shoiri Jon Kits va uning taqiqlangan muhabbati haqidagi avtobiografik film. Hikoyada aytilishicha, ijodkor sil kasalligi tufayli 25 yoshida vafot etgan. Ammo hatto o‘lim to‘shagida ham yosh Fenni Braunni sevib qolishga muvaffaq bo‘lgan. 

Kinopoisk bo‘yicha reytingi: 7,2

5. “Gumanitar fanlar” (2011, AQSh)

35 yoshli kollej professori o‘quvchisini sevib qoladi. Juftlikni dunyoga umumiy qarashlari, bir xil adabiyot va musiqaga muhabbati birlashtiradi. Yoshdagi ulkan farq bo‘lmaganda, balki hammasi yaxshi bo‘lardi. 

Kinopoisk bo‘yicha reytingi: 6,9

6.  “BIZ. Muhabbatga ishonamiz” (2011, Buyuk Britaniya)

Buyuk Britaniya qiroli Eduard VIII va butun dunyo tomonidan qoralangan oddiy amerikalik Uollis Simpsonning haqiqiy sevgi hikoyasi. Qirol o‘z sevgani uchun hatto taxtdan voz kechib, oiladan quviladi. Aytgancha, film rejissyori qo‘shiqchi Madonna bo‘lgan. 

Kinopoisk bo‘yicha reytingi: 7,4

7.  “Maxfiy qiziqish” (2012, Avstraliya)

Ikki bolalikdagi do‘stlar Rouz va Lil bir-birining o‘g‘illarini yashirincha sevib, uni har tomonlama jamiyatdan yashiradilar. Ammo ertami-kechmi, ularning sirlari oshkor bo‘ladi, yigitlar oldida esa his-tuyg‘ular va obro‘ o‘rtasida qiyin tanlov turadi. 

Kinopoisk bo‘yicha reytingi: 6,7

8.  “Yaxshi kunlar oldinda” (2013, Fransiya)

Pensiyaga chiqish – hayotning tugagani emas, balki butunlay yangi sahifaning boshlanishidir. Fransuz ayoli Karolin shunday falsafaga ega. U yosh sevgilisi, sarguzashtlar va sayohatlar qurshovida bo‘lib, hozirda u eng yaxshi hayotini yashayotganidan dalolat beradi. 

Kinopoisk bo‘yicha reytingi: 6,6

9.  “Noqulay holat” (2015, Fransiya)

Ikki yaqin do‘st Korsikaga ta’tilga borib, o‘zlari bilan ulg‘aygan qizlarini olib ketishadi. Ulardan biri to‘satdan otasining do‘stini sevib qoladi. Endi u qattiqqo‘l otasi bu haqda bilib qolmasligi uchun ehtiyot bo‘lishi kerak. Bo‘lmasa, janjal bo‘ladi! 

Kinopoisk bo‘yicha reytingi: 6,4

10. “O‘zgacha juftlik” (2019, AQSh)

Jurnalist AQSh Davlat kotibi uning maktabdagi birinchi muhabbati ekanligini sezib qoladi. Qiz esa omadsiz sinfdoshiga rahm qilib, uni rasmiy, atrof-muhit missiyasi uchun nutq muallifi sifatida ishga yollashga qaror qiladi. Sharliz Theron ishtirokidagi juda kulgili film. 

Kinopoisk bo‘yicha reytingi: 6,6