$100 верхний
РУ
O’Z
UZS
/
/
Sharm-al-Shayx 2025-yildagi 1000 dollargacha bo‘lgan sayohatlar: VIP hordiqni xohlovchilar uchun variantlar
24.12.2024 (yangilandi 26.12.2024)

Sharm-al-Shayx 2025-yildagi 1000 dollargacha bo‘lgan sayohatlar: VIP hordiqni xohlovchilar uchun variantlar

Sharm-al-Shayx 2025-yildagi 1000 dollargacha bo‘lgan sayohatlar: VIP hordiqni xohlovchilar uchun variantlar

Yangi yil bayramlari eshik qoqishni boshlab bo‘ldi-yu, siz bo‘lsangiz hali ham o‘zingiz uchun o‘sha sovg‘ani tayyorlamadingizmi? U holda, biz sizning yoningizga boramiz!  FUN&SUN Travel bilan birgalikda 2025-yilning yanvar oyi uchun Sharm al-Shayxga sayohatlar to‘plamini to‘pladik - u yerda hamma narsa VIP pristavkasi bilan birga kiritilgan.

image

100 dollargacha bo‘lgan eng yaxshi sovg‘alar. QAYERDAN XARID QILISH MUMKIN?

icon

Sharm al-Shayx - qishda sayohat qilish uchun eng jozibador manzillardan biri. 2025-yil ham bundan mustasno emas. Nima sababdan Misr “marvaridi” ko‘rishga arzishi va abadiy yoz durdonasi haqida bu yerda yozdik, endi esa Sharm-al-Shayxga eng yaxshi 1000 dollargacha bo‘lgan sayohatlar borasidagi topilmamiz bilan o‘rtoqlashmoqchimiz. Chunki ular pul sarflashga arziydi-da.

Sharm-al-Shayx: 2025-yil yanvar oyi uchun lyuks segmentidagi eng yaxshi 5 ta top turlar

6 kun / 7 tun – hammasi kiritilgan

Sharm-al-Shayx 6 kun-1 kecha
Sharm-al-Shayx 6 kun-1 kecha
Sayohat haqida batafsil ma'lumotga ega bo‘lish

10 660 500 UZS

-15%% Siz uchun
9 270 000 UZS
Sotib olish

Sayohat narxiga quyidagilar kiradi: 

  • Parvoz (borib-kelish)
  • Transfer (aeroportdan/aeroportgacha)
  • Yashab turish
  • Ovqatlanish
  • Tibbiy sug‘urta

Barcha narxlar ikki o‘rinli joylashuvda 1 kishi uchun ko‘rsatilgan. Maqola chop etilgan vaqtdagina amal qiladi.

Sunrise Diamond Beach Resort – 950 dollardan (12 230 000 UZS) 

Mazkur kurort mehmonxonasi nafaqat o‘zining istalgan didga xizmat ko‘rsatishi, taomlari va ko‘ngilochar tadbirlari bilan, balki Om-Al-Sid xalqaro dayving markazi bilan ham mashhurdir. Agar siz o‘zingizni Disney suv parisi yoki Neptun sifatida tasavvur qilishni xohlasangiz - rang-barang suv ichidagi qoyalari va ekzotik baliqlarga boy mazkur tanlov aynan siz uchun. Lyuks toifadan tortib oilaviy ko‘rinishadagi vayfayli va sun’iy yo‘ldoshli televizorlarga ega xonalar mavjud. Shunday qilib SUNRISE Posh klubi - bu yuqori toifadagi xizmatlari bo‘lgan ajoyib taklifdir. 

Booking fikrlariga ko‘ra baholash: 9,4

Qulayligi:

  • Xususiy plyaj
  • 5 ta restoran
  • Shvedcha dasturxon
  • 4 ta basseyn
  • Spa markazi
  • Fitness klubi
  • Dayving markazi

Mehmonlarning fikrlariga ko‘ra kamchiliklar:

  • Bir xil mazmundagi kechki tomoshalar
  • Unchalik ham mazali bo‘lmagan desertlar
  • Posh Clubda xizmat ko‘rsatishning sustligi 

    Sunrise Diamond Beach Resort mehmonxonasi 6 kun/7 kecha
    Sunrise Diamond Beach Resort mehmonxonasi 6 kun/7 kecha
    Mehmonxona haqida batafsil ma'lumotga ega bo‘lish

    14 065 000 UZS

    -15%% Siz uchun
    12 230 000 UZS
    Sotib olish

Iberotel Palace Adults Only – 950 dollardan (12 230 000 UZS)

 16+ yosh toifasidagi besh yulduzli mehmonxona yoki Sharm-al-Mayya ko‘rfaziga qaragan hashamatli majmua. Har bir xonaning o‘zining basseyni, bog‘i yoki Qizil dengizga qaragan jihozlangan bolaxonasi mavjud. Imkoniyati cheklanganlar uchun ham xonalar ajratilgan. Mehmonxona shuningdek, hududidagi restoranlari bilan mashhur - u yerda dunyoning deyarli barcha mamlakatlari taomlari tayyorlanadi. Gurmanlar buni qadrlashadi!

Booking fikrlariga ko‘ra baholash: 9,0

Qulayligi: 

  • Xususiy plyaj
  • Chuchuk suvli 2 ta basseyn
  •  Internatsional taomlar tayyorlanadigan 9 ta restoran
  • Bazmlar va madaniy tadbirlar
  • Basseyndagi ochiq barlar
  • SPA va fitnes markazi

Mehmonlarning fikriga ko‘ra kamchiliklar:

  • Sust animatsiya
  • Vannada quloq tozalaydigan paxtali tayoqchalar/paxta disklari mavjud emas
  • Eski santexnika jihozlari

Iberotel Palace Adults Only mehmonxonasi 6 kun/7 kecha
Iberotel Palace Adults Only mehmonxonasi 6 kun/7 kecha
Mehmonxona haqida batafsil ma'lumotga ega bo‘lish

14 065 000 UZS

-15%% Siz uchun
12 230 000 UZS
Sotib olish

Fun&Sun Family Sultan Gardens – 970 dollardan (12 500 000 UZS) 

Mehmonlar yoqtirgancha “Sulton bog‘lari” deb nomlanadigan mehmonxona o‘zining xususiy qumli plyaji va Akula ko‘rfazidagi suzuvchi ayvonlari bilan dong‘i ketgan. Tiran orollariga qaragan basseynlar yonida oftobda toblanish mumkin bo‘ladi.  Afsonalarga qaraganda, House of Spice hind restoranida pazandalik tomoshalarida ishtirok etish imkoniyati  mehmonxonaning o‘ziga xos jihati hisoblanadi. Barcha xonalar yorug‘, zamonaviy va ekologik (daraxtlar ko‘p): konditsioner va sun’iy yo‘ldoshli televizorlar mavjud. Shuningdek, u yerda mehmonlar uchun alohida imtiyozlar va’da qilinadi.

Booking fikrlariga ko‘ra baholash: 8,9

Qulayligi:

  • Xususiy plyaj
  • 5 ta basseyn (bittasi suv uqalashiga ega)
  • Ochiq havodagi bar
  • 5 ta restoran 
  • Spa va sog‘lomlashtirish markazi

Mehmonlarning fikriga ko‘ra kamchiliklar:

  • Restoranda ichimliklarni o‘zingiz olishingiz mumkin emas
  • Ishyoqmas animatorlar
  • Spa-saloni 5 yulduzli emas

    Fun&Sun Family Sultan Gardens mehmonxonasi 6 kun/7 kecha
    Fun&Sun Family Sultan Gardens mehmonxonasi 6 kun/7 kecha
    Mehmonxona haqida batafsil ma'lumotga ega bo‘lish

    14 375 000 UZS

    -15%% Siz uchun
    12 500 000 UZS
    Sotib olish

Rixos Premium Seagate – 1050 dollardan (13 520 000 UZS) 

Sharm-al-Shayxdagi eng hashamatli va, to‘g‘rirog‘i, yozgi mavsum uchun eng maqbul variant - u yerda shamolli va shamolsiz ko‘rfazlar mavjud. “Hammasi premium ultraga kiritilgan” tizimida ishlaydi. U Qizil dengiz qirg‘og‘ida, Sharmaning qoq markazidagi palmalar qurshovida joylashgan. Italyancha L’Olivo (ularning qaylasini bir tatib ko‘ring-a)dan tortib fransuzcha Epicurgacha (fuagra xohlaysizmi?) eng zo‘r restoranlar ham shu yerda. Mehmonxonaning spa-markazi saunalar, hammomlar, muolaja xonalari bo‘lgan va go‘zallik saloniga ega san’atning alohida bir turidir. Uning tungi klubi, davying markazi, shuningdek, kunu tun ishlaydigan do‘konlari ham mavjud.

Booking fiklariga ko‘ra baholash: 9,0

Qulayligi:

  • Xususiy plyaj
  • 9 ta basseyn (bitta yopiq)
  • Spa va sog‘lomlashtirish markazi
  • Shvedcha dasturxon
  • 9 ta restoran
  • 11 ta bar
  • Eng yangi fitnes markazi
  • Tennis korti
  • Tungi klub

Mehmonlarning fikriga ko‘ra kamchiliklar:

  • Mehmonxona eng yaxshi rifga ega emas
  • Zaif bar konsepsiyasi
  • Diskotekalarda chekishga ruxsat beriladi

    Rixos Premium Seagate mehmonxonasi 6 kun/7 kecha
    Rixos Premium Seagate mehmonxonasi 6 kun/7 kecha
    Sayohat haqida batafsil ma'lumotga ega bo‘lish

    15 549 000 UZS

    -15%% Siz uchun
    13 520 000 UZS
    Sotib olish

Sunrise White Hills Resort – 1100 dollardan (14 165 000 UZS) 

Sharm-al-Shayxning markazida joylashgan hashamatli segmentdagi eng mashhur dam olish maskanlaridan biri (asosiy diqqatga sazovor joy - Soho maydonigacha atigi 4 km). O‘z launj hududi, bog‘i, plyaji, avtoturargohi - barchasi yuqori darajada. Kurort o‘zini premium sifatida namoyish qiladi va mehmonlarni ommabop Ras Nasrani dayving markaziga (u yerda yulduzlar dam olishadi) tashrif buyurishga taklif etadi. Yana futuristik konsepsiya ham, o‘ta zamonaviy xonalar va “faqat kattalar uchun” hududdlari ham qiziqarli bo‘lishi mumkin. Mayli oxirgisini rad qilmasangiz-da, bu yerda er-xotinlar ham, oilalar ham eng yaxshi narsalarni topishadi.

Booking fikrlariga ko‘ra baholash: 9,4

Qulayligi:

  • Xususiy plyaj
  • 6 ta basseyn (bitta ochiq)
  • Spa va sog‘lomlashtirish markazi
  • 6 ta restoran, bar
  • Xususiy bog‘
  • Umumiy launj, ayvon
  • Bolalar o‘yin maydonchasi

Mehmonlarning fikriga ko‘ra kamchiliklar:

  • Ko‘piklanadigan vino faqat lobbi-barda
  • O‘smirlar uchun ko‘ngilochar joylar yo‘q
  • Sokinlik yetishmaydi

    Sunrise White Hills Resort mehmonxonasi 6 kun/7 kecha
    Sunrise White Hills Resort mehmonxonasi 6 kun/7 kecha
    Sayohat haqida batafsil ma'lumotga ega bo‘lish

    16 290 000 UZS

    -15%% Siz uchun
    14 165 000 UZS
    Sotib olish

Bu qiziq

100 dollargacha bo‘lgan eng yaxshi sovg‘alar. QAYERDAN OLAMIZ?
100 dollargacha bo‘lgan eng yaxshi sovg‘alar. QAYERDAN OLAMIZ?
Nafaqat ajoyib sovg‘a: eng yaxshi simsiz quloqchinlarni tanlaymiz
Nafaqat ajoyib sovg‘a: eng yaxshi simsiz quloqchinlarni tanlaymiz
Sharm al-Shayxga 700 dollardan sayohatlar. Batafsil so‘zlab beramiz
Sharm al-Shayxga 700 dollardan sayohatlar. Batafsil so‘zlab beramiz
Hambi yangi super ilovada. U nima bo‘lishi mumkin?
Hambi yangi super ilovada. U nima bo‘lishi mumkin?
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.