08.04.2025
(yangilandi 09.04.2025)
Shohruhxon va Zarina Nizomiddinova kutilmagan yangilikni eʼlon qildi


Muallif
Shohzamon Shuhratov
Sanʼatkorlar birgalikda suratga tushgan “Yulduzlar” deb nomlangan qoʻshiqqa ishlangan klip sunʼiy intellekt yordamida qayta ishlandi.
Shohruhxon va Zarina Nizomiddinova 2014-yilda xonandaning “Yulduzlar” klipida birgalikda suratga tushgandi.
Ushbu klipdan qisqa fragment ChatGPT yordamida qaytadan ishlandi. Unda artistlarni Ghibli studiyasi uslubida koʻrish mumkin.
Taʼkidlash kerak, OpenAI kompaniyasining ChatGPT sunʼiy intellekti rasmlarni turli studiyalar uslubiga juda yaqin qilib ishlab, mashhurlikka erishdi.