1
РУ
O’Z
UZS
/
/
O‘zbekistonda keyingi hafta boshida: 30-avgust–2-sentyabr kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?
28.08.2025 (yangilandi 28.08.2025)

O‘zbekistonda keyingi hafta boshida: 30-avgust–2-sentyabr kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekistonda keyingi hafta boshida: 30-avgust–2-sentyabr kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?

“O‘zgidromet” 30-avgust–2-sentyabr kunlari respublika hududida qanday ob-havo kuzatilishi haqida ma’lumot berdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 30 avgust va 1 sentyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 30 avgustda 17-22°, 31 avgust-2 sentyabrda 14-19°, kunduzi 30 avgust va 2 sentyabrda 30-35°, 31 avgust-1 sentyabrda 27-32° bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin, 30 avgust-1 sentyabrda ayrim joylarda ba’zida 20-23 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 30 avgustda kechasi 20-25°, kunduzi 33-38°; 31 avgust-1 sentyabrda kechasi 15-20°, kunduzi 28-33°;
2 sentyabrda kechasi 13-18°, kunduzi 30-35° bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlari

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 30 avgust-1 sentyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin, 31 avgustda ayrim joylarda ba’zida 20-23 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 30 avgustda kechasi 19-24°, kunduzi 31-36°; 31 avgust-1 sentyabrda kechasi 15-20°, kunduzi 28-33°; 2 sentyabrda kechasi 13-18°, kunduzi 30-35° bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 30 avgust-1 sentyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin, 31 avgustda ayrim joylarda ba’zida 20-23 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 30 avgustda kechasi 20-25°, kunduzi 35-40°; 31 avgust-2 sentyabrda kechasi 16-21°, kunduzi 31-36° bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 30 avgust 1 sentyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin, 31 avgust 1 sentyabrda ayrim joylarda ba’zida 20-23 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 30-avgust 1-sentyabrda 17-22°, 2 sentyabrda 13-18°, kunduzi 30 avgustda 32-37° bo‘ladi, 31 avgust 2-sentyabrda asta-sekin 28-33° gacha pasayadi.

Respublikaning tog‘li hududlari

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 30 avgust-1 sentyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 30 avgustda 15-20° bo‘ladi, 31 avgust 2 sentyabrda 10-15° gacha pasayadi, kunduzi 30 avgustda 23-28°, 31 avgust-2 sentyabrda 20-25° bo‘ladi.

Bu qiziq

Mavsumni qo‘ldan boy bermang
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.