верхний на лендинг кино
РУ
O’Z
UZS
/
/
"Bozor" seriali: nima uchun bu qadar muhokamalarga sabab bo‘ldi va sakkizinchi qismda nimalar ro‘y berdi
13.06.2025 (yangilandi 13.06.2025)

"Bozor" seriali: nima uchun bu qadar muhokamalarga sabab bo‘ldi va sakkizinchi qismda nimalar ro‘y berdi

"Bozor" seriali: nima uchun bu qadar muhokamalarga sabab bo‘ldi va sakkizinchi qismda nimalar ro‘y berdi

"Bozor" seriali birinchi qismlardanoq tomoshabinlar va muhokamalar bo‘yicha yetakchi o‘rinlarni egalladi. Uning ijodkorlari an’anaviy va zamonaviy qadriyatlar to‘qnashadigan haqiqiy hayotni ko‘rsatdilar. Loyiha 2025-yilning fevral oyida ekranlarga chiqdi va darhol tomoshabinlar orasida shov-shuvga sabab bo‘ldi. Bularning hammasi jonli qahramonlar, muhim mavzular va kuchli aktyorlik mahorati tufaylidir.

image

Kino va seriallarni 7 kun bepul tomosha qiling

icon

G‘oya qanday paydo bo‘lgan edi va "Bozor" serialining yaratilishi ortida kim turibdi

Surat: kinoafisha.info

Serial g‘oyasi senariy muallifi Mehmet Barish Gyungerda paydo bo‘lib, u g‘oyalarni har bir kishiga yaqin bo‘lgan oddiylikdan olgan. Muallif Turkiyadagi yoshlar o‘z manfaatlari va istaklari hamda oila bosimi o‘rtasida muvozanatni saqlab, o‘zlarini topishga harakat qilishlari haqida hikoya qiladi. U har qanday insonning tashqi ko‘rinishi ortida haqiqiy kechinmalar yashiringanini, burch va baxt o‘rtasidagi tanlov shunchaki syujet emas, balki voqelikning bir qismi ekanligini ko‘rsatmoqchi bo‘ladi.

Surat: kp.ru

Rejissyor turk dramalari ustasi, "Mening bir tomonim" va "Xo‘jako‘rsin uchun muhabbat" loyihalari bilan tanilgan Serdar Gezelekli hisoblanadi. Uning yondashuvi maksimal darajada samimiylik, tafsilotlarga e’tibor berish va aktyorlarning yangi qirralarini namoyon qilish qobiliyatidir. Shu tufayli serial nafaqat tomoshabop, balki juda hissiyotli chiqdi.

Suratga olish ishlari Bursa shahrida bo‘lib o‘tdi, u voqealarga o‘zgacha muhit qo‘shdi. Jamoa boshidanoq "Bozor" odatiy melodramalardan farq qilishini tushunib yetdi, chunki undagi qahramonlar jiddiy to‘siqlarni yengib o‘tadi va masalalar shunchalik keskin ko‘tariladiki, ular kamdan-kam hollarda televizorda ochiq eshitilishi mumkin.

Telecom TV xizmatidan 7 kun bepul foydalaning.

Quyidagi tugmani bosing va hoziroq harakatni boshlang!

"Bozor" syujeti oddiy qilib aytganda

Voqealar markazida tashqi muvaffaqiyat ortida ichki jarohatlarni yashiradigan mashhur aktyor Kenan Akin (Alp Navruz) turadi. Uning onasi Keriman (Zuhal Oljay) o‘g‘lining har bir qadamini nazorat qiladi va uni boshqa birov bilan bo‘lishishga tayyor emas.

Surat: kp.ru

Boshqa qutbda esa o‘ta dindor oiladan bo‘lgan Myunevver (Ilaya Alishan) ismli qiz. Onasining o‘limidan so‘ng u shafqatsiz odamga turmushga chiqishga majbur bo‘ladi, lekin chiday olmaydi va Istanbulga ketadi. Bu yerda u Kenanni tasodifan uchratib qoladi va ularning taqdiri bir-biriga bog‘lanadi. Birgalikda qahramonlar baxtli bo‘lish uchun sinovlar, oilaviy sirlar va jamiyat bosimidan o‘tishlari kerak bo‘ladi.

Aktyorlar va ularning rollari: "Bozor" serialini kim bunchalik ta’sirli qildi

Alp Navruz - Kenan, o‘tmishi murakkab, xarakteri chigal inson.

Surat: reddit.com

Ilayda Alishan - Myunevver, kuchli va mustaqil bo‘lishni o‘rganayotgan qiz.

Surat: oblok.tech

Gyulben Ergen - Axsen, jurnalist va psixolog, Myunevver uchun tayanchga aylanadi.

Surat: mediacat.com

Firat Altunmeshe - Adar, Myunevverning eri, u tufayli qiz  qochishga majbur.

Surat: kino-teatr.ru

Zuhal Oljay - Keriman, Kenanning hukmron va qattiqqo‘l onasi.

Surat: 1tv.ge

Serialda yana boshqa ko‘plab qiziqarli qahramonlar bor, ularning har biri voqeaga teranlik baxsh etadi. Aktyorlar samimiy, buni tomoshabin yaxshi ilg‘ab oladi.

Serial haqidagi hayratlanarli faktlar

Surat: kinoturkey.ru
  • "Bozor" serialini ko‘pincha “Ko‘ktarg‘oq” ("Zimorodok") va "Klyukva sharbati" kabi xitlar bilan taqqoslashadi, ammo bu yerda ko‘proq haqiqiy muammolar hamda qahramonlarning ichki kurashiga urg‘u beriladi.
  • Serialda oiladagi zo‘ravonlik, urf-odatlar bosimi, o‘zini va ayol mustaqilligini izlash mavzulari olib chiqiladi.
  • Senariy ijtimoiy tarmoqlarda bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi: kimdir uni juda keskin, kimdir esa aksincha, halol va jasur deb hisoblaydi.
  • Loyihada  yulduzlar ham, yangi aktyorlar ham ishtirok etadi, bu esa serialni yangicha va ajoyib qilgan.

Telecom TV xizmatidan 7 kun bepul foydalaning.

Quyidagi tugmani bosing va hoziroq harakatni boshlang!

Baholar va fikrlar: tomoshabin nima deb o‘ylaydi

"Bozor" yuqori baholarga sazovor bo‘ldi - u MyShowsda o‘rtacha reyting 5 balldan 4,5 ballni qo‘lga kiritdi. Muxlislar qismlar bir nafasda ko‘rilishini ta'kidlashmoqda. Hatto ko‘tarilgan mavzularning zalvoridan unchalik qoniqmaydigan tomoshabinlar ham ayni paytda serialni jonli va muhim qilganini yozishadi.

Birinchi mavsumning 8-qismi: nimalar sodir bo‘ldi va  bu nima uchun muhim

Syujet dinamikasidan aynan shu o‘rinda Kenan va Myunever munosabatlari yangi bosqichga ko‘tarilaishini anglash mumkin. 

Qahramonlar ilk bor bir-birlariga o‘z his-tuyg‘ulari haqida ochiq so‘zlaydilar va ilgari sodir bo‘lgan voqealar ularni yangi kuch bilan quvib yetadi. Dushmanlar faollashadi, bosh qahramonlar uchun xavf esa tobora ortib boradi. Ushbu qismda muhim oilaviy sir ochilishi yoki Kenan va Myuneverning hayotini murakkablashtiradigan yangi antagonist paydo bo‘lishi mumkin.

Tomoshabinlarni kelgusida nimalar kutmoqda: bashoratlar va muxlislik nazariyalari

Surat: kinoturkey.ru

Muxlislar keyingi qismlarda nimalar bo‘lishi mumkinligini faol muhokama qilishmoqda.

  • Kenan va Myunever oilalarning qarshiligiga qaramay, birga bo‘lishga harakat qilishadi.
  • Bosh qahramonlarning sirlarini biladigan kutilmagan qahramon paydo bo‘lishi mumkin.
  • Myunveyer yana xavf ostida qolishi mumkin va Kenan qiyin tanlovni amalga oshirishi kerak bo‘ladi.
  • Hali voqealari ochilmagan ikkinchi darajali qahramonlarga ko‘proq e’tibor qaratiladi degan umid bor.

"Bozor" serialini ko‘rishdan nima ma'no bor

Agar sizga chuqur kechinmalar, kutilmagan burilishlar va haqiqiy his-tuyg‘ularga boy turk seriallari yoqsa - "Bozor" seriali sizning hafsalangizni pir qilmasligi aniq.

Telecom TV xizmatidan 7 kun bepul foydalaning.

Quyidagi tugmani bosing va hoziroq harakatni boshlang!

Bu yerda bir qolipdagi hikoyalar yo‘q, qahramonlar esa haqiqatan ham jonli. Kuchli aktyorlik mahorati, dolzarb mavzular va dinamik syujet - bularning barchasi serialni 2025-yilning eng yaxshilaridan biriga aylantiradi.

Bahosi: 5 balldan 4,5 - munosib va tomoshabinlar muhabbati bilan tasdiqlangan!

Bu qiziq

нижний на лендинг кино
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.