Sirli va psixologik: so‘nggi yillarning eng yaxshi 13 ta trilleri
Agar hissiyotlar olamiga sho‘ng‘ib, chalkash syujetni yechishga oshiq bo‘lsangiz, demak so‘nggi yillarning eng yaxshi trillerlari ro‘yxatimiz sizga ayni muddao bo‘ladi. Qani kettik, yenglarni shimarib tomosha qilishni boshlaymiz.
Onalik instinkti
Barbara Abelning 60-yillardagi ikki namunali uy bekasi (Jessika Chesteyn va Enn Heteuey), rafiqa va onalar haqidagi psixologik trillerning ekranlashtirilgan variantidir. Ulardan biri baxtsiz hodisa tufayli bolasidan ayriladi, ikkinchisi esa paranoyaga chalinadi. 2024-yilning eng kutilgan TOP filmlariga kirgan.
Yo‘qolgan qiz
Trillerning barcha qonunlariga muvofiq notekis syujet va chalkash hikoyalarga boy triller. Filmning bosh qahramoni o‘z to‘yining yubileyida dom-daraksiz yo‘qoladi, uning sevimli eri asosiy gumondorga aylanadi. Nik haqiqatan ham aybdormi va ularning mukammal nikohi qanday sirlarni o‘z ichiga oladi?
Ko‘rinmas mehmon
Detektiv elementlari, qiziqarli syujet va yoqimli atmosferaga ega ispan trilleri. Advokat ma’shuqasining o‘limida ayblanayotgan mijozi aybdor yoki yo‘qligini aniqlashga kirishadi. Sud yig‘ilishi arafasida ayol ushbu ishda yutib chiqish uchun qo‘lidan kelgan hamma ishni qilish niyatida potensial jinoyatchining uyiga keladi.
Shamol daryosi
Ushbu trillerda voqealar rivoji AQShning Vayoming shtatida, hindistonlik aholi punkti hududida bo‘lib o‘tadi. Mahalliy ovchi tasodifan yosh qizning jasadini topib oladi, shundan so‘ng u Federal qiruv byurosi yosh agenti bilan birgalikda qidiruv ishiga qo‘shiladi.
Split
Notanish bir odam o‘quvchi qizlarni o‘g‘irlaydi va ularni yopiq podvalda yashiradi. Jabrlanuvchilar u nafaqat manyak, balki 23 ta shaxsiyatga ega odam ekanini hatto tasavvur qilishmaydi. Mazkur 23 ta shaxsiyat birin-ketin qizlarni qo‘riqlaydi, eng dahshatlisi esa, yangi yigirma to‘rtinchi shaxs sifatida ko‘ringanda boshlanadi.
Joker
Hoakin Feniks aktyorlik tarixidagi eng mashhur bo‘lgan va yuqori reytingli filmlardan biri bo‘lib, asosiy raqibi Betmenning sirini ochib beradi. 80-yillarning boshida Gotem shahrida qiziqchi Artur doimo tabassum qilishini talab qiladigan kasal onasi bilan yashaydi. U quvnoq bo‘lishga harakat qilib, shafqatsizlikka duch keladii, asta-sekin bu dunyo tabassum emas, balki Jokerning g‘alamis tirjayishiga loyiq, deb qaror qiladi.
Zulmat hududlari
Depressiyani yengishga urinib, yashirin dori vositalarini qabul qiladigan yozuvchi haqida “o‘ylantiradigan” triller. “Dori” uni nafaqat hayotning qora kunlaridan olib chiqadi, balki miyasini super kuchli kompyuterga aylantiradi. Aynan shu dori qahramonning hayotini butunlay o‘zgartiradi va hatto boyitadi, ammo nojo‘ya ta’sirlaridan aziyat chekishiga ham olib keladi.
Asirlar
Erkak hayotidagi eng dahshatli daqiqalarni boshdan kechiradi – uning kichkina qizchasi va do‘sti yo‘qolib qoladi. Vaqt o‘tadi, qizlardan esa hanuz xabar yo‘q va ota-onaning vahimasi eng yuqori darajaga yetadi, politsiya esa kuchsiz. Shunda bosh qahramon vaziyatni oʻz qoʻliga olishga qaror qiladi. Ammo bolasini topish uchun nimalar qilishi kerak?
So‘zlar
Muvaffaqiyatsiz yozuvchi kun kelib, mashhurlikka erishadi, ammo uning romanini boshqa odam yozgani hammaga ma’lum bo‘ladi. Endi esa u boshqa odamdan o‘g‘irlangan qo‘lyozma va hayoti uchun pul toʻlashi kerak. Tovon esa juda yuqori. Bredli Kuper va Zoe Saldana ishtirokidagi uydirma va haqiqatni anglash qiyin bo‘lgan triller.
La’natlanganlar maskani
Eski Angliyaning ajoyib muhitiga ega qora (nuar) triller. Oksford universiteti bitiruvchisi psixiatrik klinikaga ishga keladi va darhol sohibjamol bemorni sevib qoladi. Ammo Greyv xonim ortiqcha g‘azablanishdan aziyat chekadi va erini qiynoqqa solishda ayblanadi. Mahalliy shifokorlar uni g‘alati usullar bilan davolaydi, biroq bu kinoda sodir bo‘ladigan eng g‘alati narsa emas.
Dunyoning barcha pullari
Ikkiyuzlamalik va vasvasali ochko‘zlikdan aziyat chekadigan neft magnati haqida hayajonli va hodisalarga boy triller. Kunlardan birida uning nabirasini o‘g‘irlab ketishadi. Magnat qizining iltimoslariga qaramay, tovon to‘lashdan bosh tortadi. Shundan so‘ng o‘g‘rilarning talablari qiyinlashadi, vaziyatni esa faqat milliarderning xavfsizlik xizmati xodimi hal qila oladi.
Siz bu yerda hech qachon bo‘lmagansiz
Hoakin Feniks ishtirokidagi yana bir yuqori sifatli triller. Ushbu filmda u o‘smir qizni topish vazifasi yuklatilgan pensiyaga chiqqan va iztirobga tushgan Federal qidiruv byurosi agenti rolini o‘ynaydi. Bu ishni a’lo darajada bajaradi, ammo jarayonda o‘g‘rilik ortida qanday kuch turganini tushunib yetadi.
Tun iskanjasida
Dizayner Tom Fordning filmi bo‘lib, u zamonaviy triller muxlislari tomonidan yuqori baholanadi. Galereya egasi Syuzenda hamma narsa — pul, turmush o‘rtoq va o‘zining art maydoniga ega. Bir kuni u sobiq eridan g‘alati jo‘natma oladi: erkak undan uchrashishni so‘raydi, ammo avval uning ilk chiqargan kitobini o‘qishni taklif qiladi. Mazkur kitob bosh qahramonni abadiy va tun iskanjasida yashirmoqchi bo‘lgan o‘tmishiga olib boradi.