РУ
O’Z
UZS
/
/
Sochlarni shampunsiz yuvish va ularga g‘amxo‘rlik qilish bo‘yicha noodatiy usullar
16.07.2024

Sochlarni shampunsiz yuvish va ularga g‘amxo‘rlik qilish bo‘yicha noodatiy usullar

Sochlarni shampunsiz yuvish va ularga g‘amxo‘rlik qilish bo‘yicha noodatiy usullar

Sochlarni shampunsiz yuvish, niqobsiz sochga niqob qilish, shuningdek, yangi trend – aromatarash. Bu sochga aloqador layfhaklarni ko‘pchilik bilmaydi, ammo ular allaqachon “ishlashini” va samaradorligini isbotlab bergan. Buni shaxsan sinab ko‘rib, sizlar bilan ham sochlarga g‘amxo‘rlik qilishning eng noodatiy usullari bilan bo‘lishamiz. 

Sochlarni shampunsiz yuvish 

“No poo” (“shampoo”ning qisqartmasi) yoki “shampunsiz” usuli kanadalik uch bloger tomonidan ixtiro qilingan. Byuti-ekspertlar va ekologik toza narsalar muxlislari “Uy kosmetikasi sehri” kitobini yozib, obunachilarga sochlarini tabiiy tarzda parvarish qilishga o‘rgatishga qaror qilishdi. Bu kitobda sochlarni shampunsiz yuvishga bag‘ishlangan bob ham bor. 

Agar uyda shampun qolmagan bo‘lsa, uni o‘rniga nimani ishlatish mumkin? Javob aniq – hech narsa. Texnikaning maqsadi o‘zingiz va boshingizni shampunsiz yashashga o‘rgatish. Jo‘xori unidan tayyorlangan absorbent pasta yoki suv bilan aralashtirilgan gel sochlar va bosh terisini tozalashga yordam beradi. Faqat sochlaringizni sirka eritmasi (0,5 suv + 30 ml suyuqlik) bilan chayqab olishni unutmang. 

Aytishlaricha, bunday tozalashning ta’siri bir necha muolajadan so‘ng ko‘rinadi. Bu layfhak bosh terisi yog‘lari muvozanatini tartibga solish tufayli ko‘proq quruq, hajmli va jingalak sochlar egalari uchun foydali bo‘ladi. 

Choydan tayyorlangan soch uchun lak 

Oddiy qora choy soch lakiga alternativa bo‘lishi mumkin (kuchli ushlab turmasa-da). Uni uy sharoitida qanday tayyorlash kerak? Ikki choy qoshiq qo‘shimchalarsiz qora choyni  olamiz (paketchali choydan foydalanishingiz ham mumkin), bir stakan qaynoq suv quyib, damlaymiz va sovutamiz. So‘ng “lakni” pulevizatorga quyamiz va soch turmagiga purkaymiz. Soch turmagi bir necha soat buzilmay turadi, siz esa o‘zingizni maqtab, pulingizni tejagan bo‘lasiz. 

Soch niqobiga – mayonez 

Soch uchun niqoblaringiz tugadimi? Hechqisi yo‘q, sovutgichda turgan mayonez vaziyatni o‘z qo‘liga oladi. Bunday noodatiy “niqobsiz niqob” layfhakini aktyor Rayan Reynoldsning rafiqasi latofatli Bleyk Layvli bo‘lishdi. Aktrisa soch maskalariga pul sarflamasda o‘zining jozibali sochlariga mayonezni niqob sifatida ishlatishini aytdi! 

Shuningdek, u supermarketda sous sotib olmasdan, uni o‘zingiz qilishingizni tavsiya qiladi. Axir uyda tayyorlangan mayonezning retsepti juda sodda bo‘lib, ta’mi ham do‘kondagidan ancha mazali bo‘ladi. Mayonez uchun bizga ikkita tuxum sarig‘i, 50 ml zaytun yog‘i, bir osh qoshiq limon sharbati va bir choy qoshiq xantal kerak bo‘ladi. Barcha mahsulotlarni aralashtiramiz, ammo urmaymiz, so‘ng niqobni toza, bir oz nam sochlarga suramiz (ildizlarga tegirmaslikka harakat qilib, soch uchlariga alohida e’tibor bering). Niqobni 15-30 daqiqa ushlaymiz va salondagi kabi effektdan hayratlanamiz. 

“Yangi” soch turmagi uchun upa yoki un 

Onalarimizdan qolgan eski layfhak, uni muhim tadbir yoki uchrashuvga borish kerak bo‘lganda, sochlaringizni esa yuvishga vaqt bo‘lmagan paytda (hali “quruq” shampun ixtiro qilinmagan vaqtda) qo‘llaganlar. Agar sochingiz ildizlaridan yog‘lanishni boshlagan bo‘lsa, chaqaloqlar kukuni yoki un vaziyatni yaxshilashga yordam beradi. Rumyana surishda ishlatiladigan makiyajli katta cho‘tka yordamida kukunni sochlarning ildizlariga seping, so‘ngra kukun qoldiqlarini tushirib yuborish uchun taroq bilan tarang. Tayyor, sochlaringiz yana “yangi” ko‘rinishga ega. 

Aromatarash 

Aroma moylar nafaqat kayfiyat, hissiy holat va umuman sog‘lomlashtirishga, balki sochlarning sifatiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Moylar sochlarga qanday ta’sir qiladi? Juda ham yaxshi: ular bosh terisining qon oqimini oshiradi, soch follikulalarini mustahkamlaydi, bu esa soch to‘kilishini sekinlashtiradi va yangi sochlarning o‘sishini rag‘batlantiradi. 

Aromatarash muolajasi oddiy va uyda amalga oshirilishi mumkin. Buni amalga oshirish uchun taroq har qanday efir moyi (yoki aralashmasi) bir necha tomchi tomirish kifoya. Faqat sochlaringiz va bosh teringiz turiga ko‘ra moylarni tanlang. 

Agar qaysi moy sizga to‘g‘ri kelishini bilmasangiz, quyidagi tavsiyalarga rioya qiling: 

  • Xira va quruq sochlar sitrus efir moylarini yaxshi ko‘radi (porlash uchun)
  • Yog‘li sochlar evkalipt va choy daraxti yog‘ini yoqtiradi (kepek paydo bo‘lishini oldini olish va bosh terisining yog‘chiqarishini kamaytirish uchun)
  • Nozik bosh terisi lavanda va moychechak moylari ta’sirida yaxshilanadi (albatta allergiyangiz bor-yo‘qligini tekshiring)
  • Zanjabil ildizi va yalpiz yog‘lari sochlar to‘kilishini kamaytirishga va mustahkamlashga yordam beradi.