“Suyunchi” filmidagi Karima hozir qanday koʻrinishda? (video)
Taniqli rejissyor Melis Abzalov tomonidan suratga olingan “Suyunchi” filmida epizodik rolni ijro etgan aktrisa bilan kichik intervyu tashkil etildi.
Kinoda Farmonbibi sovchilikka keladigan sahnada choy olib keladigan qiz Karima rolini ijro etgan Oʻgʻiloy opa hozirda 61 yoshda.
“Oʻshanda 17 yoshda boʻlganman. Hozir 61 yoshdaman. Men ijodiy jamoaga ovqat tayyorlab berardim, oshpaz edim. Epizodik rollar uchun qizlar yetmay qolganda, meni ham studiyaga chaqirishgan.
Kinodagi ovoz meniki emas, dublyaj qilingan. Tasvirga olish jarayonlarida qattiq qiynalganman. U paytda juda yosh edim, ustiga-ustak aktyorlik mahorati ham umuman yoʻq edi. Tilni ham yaxshi bilmasdim”, deya taʼkidlaydi u.
Ushu post ostidagi izohlarda kuzatuvchilar aktrisa hali ham chiroyli ekanini aytishmoqda. Ayrimlar esa vaqt oʻz soʻzini aytganini, barcha goʻzallar ham bir kun kelib qarishini taʼkidlagan.