Uyda mushuk boqmaslikning 8 sababi: nimani bilishingiz kerak
Mushuklar – bu nafaqat iliqlik va qulaylik, balki katta qiyinchilik va majburiyatlar ma’nosini anglatadigan uy hayovnlaridir. Momiq do‘st olish qarorini qabul qilishdan oldin, barcha plyus va minuslarni ko‘rib chiqish kerak.
Ushbu maqolada mushuk olmoqchi bo‘lganlar duch keladigan eng katta qiyinchiliklarni ko‘rib chiqamiz va bu ularga ongli qaror qabul qilishlarida yordam berishiga ishonamiz.
Mushuklar parvarishni talab qiladi
Mushukni veterinar ko‘riklariga yiliga kamida bir marta olib borish va muntazam parvarish jarayonlarini bajarish kerak. Uni haftasiga kamida bir marta tarash, panjalarini har yetti-o‘n kunda kesish va tishlarini haftasiga ikki-uch marta tozalash zarur. Shu bilan birga bularning barchasini bajarishga mushukni o‘rgatish ham kerak. Hammasi ko‘p vaqt hamda shu ishlarni muntazam bajarilishini talab etadi.
Hayvonlarni boqish qimmatga tushadi
Mushukka sifatli ovqat, quticha va maxsus qum, ovqat yeyish idishi, o‘yinchoq, taroq, tirnoq kesgich va tashish sumkasi kerak. Doimiy xarajatlarga yiliga bir marta emlash va har uch oyda parazitlardan davolash kiradi. Agar mushuk kasal bo‘lsa, davolanish xarajati o‘n minglab yoki hatto yuz minglab xarajatlarni tashkil etishi mumkin.
Uyni tez-tez tozalash kerak bo‘ladi
Mushukni qanchalik ehtiyotkorlik bilan taralsa ham, uning jun almashish paytida juni har joyda – pol, mebel va kiyimlarda bo’ladi. Agar mushugingiz tuksiz bo’lsa ham, qutisini tozalash, idishlarini yuvish, ba’zan o’yinchoq va yostiqlarini ham yuvish zarur.
Uy hayvoni bilan ijaraga uy topish qiyinroq
Agar shaxsiy kvartirangiz bo’lmasa, hayvonlar bilan turar joy topish haqiqiy qidiruvga aylanishi mumkin. Ko’pgina uy egalari mebel yoki hayvon izi qolish xavfi tufayli uy hayvonlari bo‘lgan ijarachilarga ruxsat berishdan qo’rqishadi.
Ta’tilda hayvonni kimga qoldirish muammosi
Ta’til sayohati yoki do‘stlaringiz uyida qolish murakkab vaziyatga aylanishi mumkin, chunki hayvoningizga g‘amxo‘rlik qilish uchun odam topish yoki vaqtincha qarab turishni tashkil qilish kerak bo‘ladi. Ba’zi mushuklar egasi bilan ajralishni qiyinlik bilan o‘tkazadi va o‘zini tajovuzkor tutishni boshlaydi, ovqat yemay, hatto kasal bo‘lishi ham mumkin.
Mushuk bilan o‘ynash kerak
Zoopsixologlar mushuk bilan har kuni kamida 30-40 daqiqa o‘ynashni maslahat beradi, bu vaqtni bir nechta o‘yin sessiyalariga bo‘lish mumkin. Hayvonlarga intellektual yuklama kerak, shunda ular zerikmaydi va egalarini tunda bezovta qilmaydi.
Ba’zida mushuklar xojatni keraksiz joyda qiladi
Mushukcha darhol qutiga o‘rganmasligi mumkin, bu normal holat. Muammolar katta mushuklarda ham yuzaga kelishi mumkin, ayniqsa, agar ular ko‘chadan olingan bo‘lsa. Agar hayvon muntazam ravishda qutidan chetga xojat chiqarsa, bu veterinarga murojaat qilish deganidir.
Allergiyaga olib kelishi mumkin
Mushuklarga allergiya qilish birinchi marta hayvon bilan aloqada bo‘lganda ham, bir necha oy yoki yil davomida birga yashagandan keyin ham paydo bo‘lishi mumkin. Agar siz yoki qarindoshlaringizda bronxial astma yoki boshqa narsalarga allergiya bo‘lsa, bu xavf mushuklar bilan yanada oshadi.