Eng yomon 7 ta film: ular orasida “Betmen” va Jennifer Lopes ishtirok etgan filmlar ham bor


Yaxshi o‘ylanmagan syujetlar, kulgili maxsus-effektlar va aktyorlarning yomon rol o‘ynashi ... Tanqidchilar va tomoshabinlar tomonidan 0 ball olgan barcha zamonlarning eng yomon filmlarini to‘pladik. Har birini hech bo‘lmaganda shunchaki zavq uchun tomosha qilishingiz mumkin.
Tarixdagi eng yomon Top-7 filmlar
“Betmen va Robin” (1997)
Antifilmlar qatoriga birinchi superqahramonlar filmi ham kirdi. Filmdagi erotik sahnalar, g‘alati kostyumlar, klounlar va aql-idrokli tomoshabinlarning ko‘zlarini yumishiga sabab bo‘ladigan narsalar bunday reytingga ega bo‘lishiga sabab bo‘lgan. Hatto zamonaviy “qonli” filmlarni ko‘rish ham rejissyor Joel Shumaxerning bu asaridan yaxshiroq deyishadi. Garchi aktyorlar tarkibi kuchli bo‘lsa ham: filmda yosh Uma Turman va kelishgan Jorj Kluni suratga tushgan.
Minglab filmlar, seriallar va shoular HD sifatda va reklamasiz – barchasi TelecomTV veb-saytida!

“Ballistika: Eks va Siver” (2002)
Shpionlar haqida jangovar film bo‘lib, unda agent-raqiblar Eks va Siver haqida hikoya qilinadi. Bir kuni ular birlashishga majbur bo‘ladi, chunki asosiy yovuz odamning qo‘liga halokatli qurol tushadi. Bosh rollarda Gollivud yulduzlari Lyusi Lyu va Antonio Banderas, lekin bu ham filmni qutqara olmagan. Film mantiqsiz hodisalarga to‘la va umuman yomon ishlangan.
“Xona” (2003)
IMDb’da 3,6 reyting olgan va tomoshabinlarning ko‘plab salbiy fikrlariga ega film. Jonni Lizaga uylanmoqchi, lekin qiz ularning munosabatlaridan norozi va oxir-oqibat qiz yigitining eng yaqin do‘stiga ketadi. “Xona” filmining nimasi yomon? Bu rejissyor Tommi Vayso debyut filmi (u bosh rolni ham o‘ynagan) bo‘lib, u qanday qilib kino suratga olishni tushunmagan va o‘z rolini ham yomon o‘ynagan. Mantiqsiz dialoglar, tartibsiz hikoya, sifatli montaj o‘rniga shunchaki kesmalar. Qisqasi, 10 daqiqadan ortiq chidolmaysiz.
“Jili” (2003)
Ben Afflek va Jennifer Lopes o‘rtasida shu filmni suratga tushirish jarayonida mashhur sevgi romani boshlangan. Aftidan, yulduzlar o‘z rollariga emas, faqat bir-biriga e’tibor qaratishgan. Film 74 million dollarlik budjetga ega bo‘lishiga qaramay, kinoprokatda atigi 7 million dollar yig‘gan. Sharhlar esa shafqatsiz edi: “Jili” bema’ni hazillar, yomon aktyorlik mahorati va ishonarsiz drama deb ataldi.
“Superbolalar: Vunderkindlar 2” (2004)
IMDb’ning eng pastki o‘rinlariga tushib, abadiy o‘sha yerda qolgan film. G‘alati, chunki bu oilaviy komediyani tomosha qilib, yoqtirmaslik yoki nafrat his qilmasligingiz aniq. Lekin tanqidchilar bu Gollivud tarixidagi eng ahmoqona, ma’nosiz va iste’dodsiz hazilli kontent bilan to‘la film deya bir fikrga kelishdi.
Minglab filmlar, seriallar va shoular HD sifatda va reklamasiz – barchasi TelecomTV veb-saytida!

“Transmorferlar” (2007)
Aynan shu film – nusxa hech qachon original darajasiga chiqmasligining yorqin misoli. Ba’zi tomoshabinlar adashib, Maykl Beyning shu nomli franshiza filmi deb o‘ylab, “Transmorferlar”ga chipta sotib olishgan. Aslida esa bu film “Transformerlarga” umuman aloqador emas, balki “Terminator”ga juda ko‘p (salbiy) tomonlari bilan o‘xsha ketadi.
“Qushlar-apokalipsis: Dahshat va qo‘rquv” (2010)
Bu fanstastik film (yoki safsata) bo‘lib, unda bosh qahramonlar yirtqich qushlarni ilgaklar bilan o‘ldirishadi. Film, ishni havaskor rejissyor olganida nima bo‘lishini ko‘rsatadigan misol. Jeyms Nguyen filmni atigi 10 ming dollarga suratga olib, bosh rollarga o‘z do‘stlarini taklif qilgan. Ammo eng yomoni bu emas, balki maxsus effektlar edi. Masalan, g‘alati qushlar – ular uchmaydi, balki havoda osilib turadi. Filmdagi ba’zi narsalar shunchalik g‘alatiligidan, hatto kulgili bo‘lib tuyulishi ham mumkin.