/
/
TOP 10 ta tarixiy filmlar – ular har qanday darslik o‘rnini bosadi
20.07.2024

TOP 10 ta tarixiy filmlar – ular har qanday darslik o‘rnini bosadi

Neyron tarmoq, olimlar va Ilon Mask vaqt mashinasini ixtiro qilgunga qadar, biz tarixni faqat – darsliklar, badiiy romanlar va filmlar orqali o‘rganishimiz mumkin edi. Bu ro‘yxatda eng yaxshisi filmlardir, chunki unda hamma narsa: aktyorlardan tortib dekoratsiyalargacha, buyuk rejissyor va sahna ortidagi operatorlardan tortib qahramonlik saundtreklarigacha bir uyg‘unlikda birlashib buyuk bir asar yaraladi.

TOP 10 ta tarixiy filmlar – ular har qanday darslik o‘rnini bosadi

O‘tmishga nazar tashlash, hozirgi kunni yaxshiroq tushunish va ehtimol, kelajakni bashorat qilish uchun eng yaxshi tarixiy filmlar to‘plamini jamladik.

Gladiator

Mashhur Ridli Skottning Mark Avreliy armiyasidan chiqqan – general Maksimus (Rassel Krou) haqidagi eng zo‘r tarixiy filmdir. Yoshi katta imperator buyuk jangchini o‘z vorisi qilishga qaror qiladi, bu esa uni o‘g‘lini jazavaga keltiradi. Kommodus otasini o‘ldirib, jangchilarga Maksimus va uning oilasi bilan o‘ldirishni buyuradi. O‘limdan ba’zur qutulib, general gladiator-qulga aylanadi va shavqatsiz janglarda qatnashadi. 

Dovyurak

Mel Gibson ishtirokidagi milliy qahramon va Shotlandiya rahbari haqidagi film. U o‘z hayotini qirol Edvard Uzunoyoq davrida inglizlarga qarshi kurashga bag‘ishlaydi: chunki o‘sha yovuzlar uning otasi va keyinchalik sevimli rafiqasini o‘ldiradi. Shuning uchun u ozodlik uchun salib yurishini boshlashga qaror qiladi. 

Mohir qilichboz

Janubiy Koreyaning tarixiy jangovar filmi sobiq qilichboz haqida bo‘lib, u sevimli qizalog‘ini qutqarish uchun kurash boshlaydi, boshqa tomondan esa, ikkita eng kuchli sulolalar o‘rtasida qarama-qarshilik boshlanadi. Haqiqiy voqealarga asoslangan film olijanoblik va mahorat mavzularini ko‘taradi, shuningdek, ajoyib sahna va jang san’at muxlislarini quvontiradi. 

Linkoln

Stiven Spilbergning tarixiy filmi. Bunda aktyor Daniel Dey-Lyuis o‘ynagan Prezident Avraam Linkoln fuqarolar urushini yakunlash va parallel ravishda parlament orqali qul tuzumini bekor qiluvchi Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish uchun qo‘lidan kelganicha harakat qilada. Aytgancha, bu roli uchun Dey-Lyuis o‘zining uchinchi “Oskar”ini qo‘lga kiritdi. Tomoshabin va tanqidchilarning fikriga ko‘ra, hech kim Linkolnni undan yaxshiroq o‘ynay olmas edi. 

300 spartaliklar

Eng yaxshi tarixiy filmlar ro‘yxatiga kirgan va aktyor Jerar Batlerga shon-shuhrat olib kelgan Frank Millerning ekranlashtirilgan mashhur komiksi. Hikoya kuchli va hayajonli: Sparta qiroli Leonid va 300 jasur jangchi minglab fors armiyasining so‘nggi, qonli jangida qatnashadi.

Janna D’ark

Lyuk Bessonning Milla Yovovich bilan tarixiy filmi. 1412-yilda Fransiyaning Domremi qishlog‘ida, dehqon oilasida Janna ismli qiz tug‘ildi. Bolaligidan qizni atrofi fojia bilan o‘ralgan edi: o‘lim, qotillik va zo‘ravonlik. Ammo 12 yoshida u birinchi marta Xudoning ovozini eshitdi va qilich topdi. Yillar o‘tib, Janna yana ilohiy ovoz bilan bog‘lanib, endilikda bu ovoz unga o‘z xalqini ingliz bosqinchilaridan qutqarishni buyurdi. 

So‘nggi imperator

Xitoyning so‘nggi imperatori haqidagi biografik film. Uch yoshli Pu I, ming yillar davomida O‘rta Qirollik imperiyasini boshqargan sulolaning oxirgi avlodi, Ajdaho taxtiga o‘tirdi. Chaqaloq imperatorni ilohiy bir boshliq sifatida hurmat qilishadi. Unga hamma narsani qilishga ruxsat berilganiga qaramay, u saroy devorlarini tark eta olmaydi. 

Troya

Gollivudning eng “yorqin”: Bred Pittdan Orlando Blumgacha tarkibli, Troya urushi haqidagi tarixiy film. Hikoya Troya shahzodasi Paris Sparta qiroli Menelayning xotinini qochishi bilan boshlanadi va yunonlar imkoniyatdan foydalanib, egallash qiyin bo‘lgan Troyani qamal qilishga qaror qiladi. Shundan so‘ng, ikki dunyo sharaf va kuch uchun kurasha boshlaydi, xalq esa o‘lishni va batamom kuyishni boshlaydi. Bularning barchasi sevgi tufayli. 

Urush gullari

Film Yaponiya va Xitoy o‘rtasidagi urush paytida sodir bo‘ladi. Amerikalik tobutchi, ruhoniyga vafotidan keyin pardoz qilish uchun cherkovga boradi va harbiy harakatlar to‘dasiga tushib qoladi. U ibodatxona devorlarida yashiringan go‘zal geysha shogirdlar orasida yagona erkak bo‘ladi. U ulardan birini yoqtirib qoladi. Qo‘rqib ketgan qizlarni qutqarish uchun Jon o‘zini ruhoniy sifatida ko‘rsatib, barchani o‘limga duchor bo‘lgan shahardan olib chiqishga harakat qiladi. 

Shindler ro‘yxati

Stiven Spilberg tomonidan suratga olingan Tomas Kenillining “Shindler kemasi” romani asosida olingan tarixiy drama. Yosh Liam Nison o‘ynagan bosh qahramon Shindler, sirli va muvaffaqiyatli ishlab chiqaruvchi, shuningdek, fashistlar partiyasi a’zosi. Ammo ikkinchi jahon urushi paytida u tavakkal qilib, mingdan ortiq yahudiyni qutqardi. Bu haqiqatan ham hayotiy voqea.