РУ
O’Z
UZS
/
/
Toping.uzʼda afisha: Mehribonu dam olish kunlarida qayerlarga borishni yoqtirishini aytdi
03.10.2024

Toping.uzʼda afisha: Mehribonu dam olish kunlarida qayerlarga borishni yoqtirishini aytdi

Toping.uzʼda afisha: Mehribonu dam olish kunlarida qayerlarga borishni yoqtirishini aytdi

Kuzning oʻrtasiga ham kirib kelyapmiz, oktyabrning ilk haftasi ham tugamoqda. Poytaxt koʻchalari kuzga xos boʻlgan tillarangga burkangan, havo ham salqinlashib qolgan. Bunday vaqtda shaharni maza qilib aylanish mumkin. Bloger Mehribonu Saidova bunday kunlarda qayerlarga borishni yoqtirishi haqida maʼlumot berdi.

Hordiq

Menga Oʻzbekiston bogʻi juda yoqadi. Bogʻ maydoni juda katta, ammo bunga teskari ravishda tashrif buyuruvchilar soni kam. Hududda ovqatlanish shoxobchalari ham deyarli yoʻq, shu tufayli havosi ancha toza.

Shu bilan birga, botanika bogʻini sayr qilishni yoqtiraman. Hozirgi kunda bogʻ toʻligʻicha tillarangga burkangan, uni taʼriflashga til ojiz. Amir Temur va Moviy gumbazlar xiyobonlari ham oʻzining tarovati bilan ajralib turadi.

— Umuman olganda, shaharda soatlab aylanish mumkin boʻlgan chiroyli manzillar talaygina, ayniqsa hozir butun poytaxt ajib manzara kasb etgan. Men piyoda sayr qilganimda koʻplab tanishlarimni uchratib qolishim mumkin va bu ham insonga koʻtarinkilik bagʻishlaydi.

Kino

Men asosan kino tomosha qilaman, teatrga uncha koʻp bormayman. Premyeralarni odatda Magic City bogʻidagi kinoteatrda tomosha qilaman, oʻrindiqlari qulay va toza.

Jangari, detektiv va drama janridagi kinolar ishqiboziman, umuman olganda, oʻzim kinomanman. Instagramʼda ham doim koʻrgan filmlarim taassurotlarini obunachilarim bilan boʻlishaman.

— Teatrlardan esa Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatri yoqadi, uning binosi hashamatli va u yerda siz oʻzingizni boshqa dunyoga tushib qolgandek his qilasiz.

Ovqat

Menga koʻproq fastfud yeyish yoqadi, tungi payt agar qornim ochib qolsa, BBQ, Goʻsht, Shef Burger kabi restoranlardan turli ovqatlar buyurtma qilishim mumkin.

Restoranlarga borish ovqatlanish ham yoqadi, ayniqsa, terrasasi bor joylar maʼquk keladi. Hozir yangi ochilgan joylardan menga Resto, Aiza (yunon restorani) juda ham yoqdi.

— Endi farzandim borligi sababli koʻproq bolalar maydonchasi bor kafe va restoranlarga borishni maʼqul koʻryapman. Menimcha, bu barcha onalar uchun birinchi oʻrinda turadigan tanlov boʻlsa kerak.

Xarid

Men koʻproq chet eldan kiyim xarid qilaman, ayniqsa, Xitoy vs Amerika doʻkonlaridan doimo noodatiy, kreativ va zamonaviy kiyimlar topish mumkin.

Lekin hozir Tashkent City Mall ochilib, menga juda qulay boʻldi. Zara, Bershka, Oysho va Massimo Dutti kabi doʻkonlardan turli xildagi kiyimlar sotib olaman.

— Shoppingda men sifatiga va chiroyiga katta eʼtibor qarataman. Onlayn xaridlar umuman yoqmaydi, doimo doʻkonga borib, kiyimlarni kiyib koʻrib, keyin xarid qilishni xush koʻraman.

Festival

Oxirgi marta oʻtgan yili Pepsi Festda ishtirok etgan. Farzand dunyoga keltirgach, taʼtil olganim sababli koʻplab tadbirlarga bora olmay qoldim. Ammo oʻsha konsert menga juda yoqqan.

Unda ozarbayjonlik yulduz Jony kelib, oʻzining hit taronalarini kuylagan. Men ham maza qilib raqsga tushganman. Bunday tadbirlar inson xotirasiga unutilmas kun sifatida muhrlanadi deya olaman.

— Turli festivallar va musiqiy kechalar koʻproq oʻtkazilishi tarafdoriman. Bu avvalo aholi uchun foydali boʻladi deb oʻylayman. Chunki madaniy hordiq har doim kerak. Bunday tadbirlar yangi tanishlar orttirishga ham koʻmaklashadi.

Eslatma, Toshkent shahrida oʻtkazilayotgan turli koʻngilochar tadbirlar bilan tanishish va taqdimdan xabardor boʻlib turish uchun Toping.uz Telegram kanaliga obuna boʻlishingiz mumkin.