РУ
O’Z
UZS
/
/
Toping.uzʼda afisha: Nabi dam olish kunlarida qayerlarga borishni yoqtirishini aytdi
29.08.2024

Toping.uzʼda afisha: Nabi dam olish kunlarida qayerlarga borishni yoqtirishini aytdi

Toping.uzʼda afisha: Nabi dam olish kunlarida qayerlarga borishni yoqtirishini aytdi

2024-yilning yoz fasli ham oʻz nihoyasiga yetdi. Buni havoning keskin salqinlashganidan ham bilish qiyin emas. Dam olish kunlarida ham koʻcha kezadigan ob-havo boʻlishi prognoz qilingan. Mashhur bloger Nabi 31-avgust–1-sentyabr kunlari ayerlarga borishni rejalashtirgani haqida maʼlumot berdi.

Nabi oʻzbek internetida oʻz yoʻnalishiga ega mashhur bloger hisoblanadi. U trend videolar suratga oladi, oʻzining mualliflik qoʻshigʻini ham chiqargan. Shuningdek, boshqa xonandalarning kliplarida suratga tushgan.

Hordiq

Biz ijodiy jamoamiz bilan Shota Rustaveli koʻchasidagi bogʻda yigʻilishni yoqtiramiz. U yerda hayot qaynaydi. Odamlar doim qayergadir shoshadi, talpinadi.

Bunday manzarada yangi-yangi gʻoyalar kelishi osonlashadi. Shu sababli Rustaveli haykali atrofidagi skameykalar bizning baland kulgilarimizga tez-tez guvoh boʻladi.

— Eng soʻnggi loyihalarimizdan biri xonanda Muhammad Ahmadning “Duxtari” klipi uchun gʻoya ham aynan shu yerda kelgan. Keyin darhol tashkiliy ishlarni boshlab yuborganmiz.

Kino

Men qoʻrqinchli janrdagi filmlar tomosha qilishni yoqtiraman. Bu adrenalinni oshiradi. Hayotga yorqinroq nazar bilan qarashga yordamlashadi.

Yana multfilmlar tomosha qilish ham jon-u dilim. Kinoteatrlarda premyera qilinadigan yangi multfilmlarni oʻtkazib yubormaslikka harakat qilaman.

— 29-avgustdan mashhur mulserial “Oybola”ning film versiyasi katta ekranlarga chiqmoqda. U Toshkentdagi barcha kinoteatrlarda namoyish etiladi. Rus ijodkorlari mulftilmini ham albatta tomosha qilaman.

Xarid

Men savdo markazlariga koʻp borib turaman. Asosan shopping uchun Next, Magic City va Tashkent City Mallʼga afzal koʻraman. Ushbu komplekslarda barcha mahsulotlarga keng assortiment mavjud.

Jumladan, Respect Me, Just va Selfie kabi doʻkonlardan kiyinishni xush koʻraman. Hozir bu brendlarda kuzgi kolleksiyalar sotuvga chiqqan. Shu dam olish kunlarida yana doʻkonlarni aylanib chiqmoqchiman.

— Kiyim brendlari bu galgi kuz mavsumi uchun nisbatan och ranglardan koʻproq foydalangan. Kulrang, qaymoqrang va nim pushtiranglarga urgʻu berilgan. Bu odamga sokinlik va xotirjamlik bagʻishlaydi.

Taom

Men odam gavjum joylarni yaxshi koʻraman. Boradigan joylarimda doimo koʻpchilik yigʻilib oʻtirgan boʻlishi kerak. Boʻlmasa, oʻzimni juda noqulay his qilaman.

Aslida, ovqat tanlamayman. Shundan kelib chiqib, joyni ham ajratmayman. Ammo doimiy ravishda borib turadigan va ovqatlarini sevadigan joylarim bor, albatta.

— Ulardan eng yaxshisi bu Bon kafesidir. Tarmoq restoranlarida oʻzgacha muhit va shinamlik bor. Ovqatlar ham, atmosfera ham haqiqiy fransuzcha kayfiyatni bagʻishlaydi.

Galereya

Aytishlaricha, Sanʼat galereyasida “Oʻzbekiston ayollari. Transformatsiya” nomli koʻrgazma boʻlib oʻtmoqda.

Loyiha Oʻzbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi hamkorligida amalga oshirilgan. Koʻrgazma 2024-yil 27-sentyabrgacha davom etadi.

— Arxiv fotosuratlari va kino materiallari yordamida siz ayol kuchi, ijodkorligi va ilhom prizmasi orqali Oʻzbekiston tarixi va madaniyatiga qiziqarli sayohat qilasiz.