Toping.uzʼda afisha: Sabina dam olish kunlarida qayerlarga borishni yoqtirishini aytdi
Kuz faslining ilk oyi ham tugab bormoqda. Toshkent koʻchalari sariq rangga burkangan, havo keskin salqinlashgan. Bunday haroratda dam olish kunlarida poytaxtni maza qilib kezish mumkin. PR-direktor Sabina Bakiyeva bunday kunlarda qayerlarga borishni yoqtirishi haqida maʼlumot berdi.
Sabina Bakiyeva uzoq yillardan beri taniqli blogerlarning reklama menejmenti bilan shugʻullanadi. U hozirda Faces deb nomlangan reklama agentligiga asos solgan. 35 dan ortiq blogerlarning PR-direktori hisoblanadi.
Xiyobonlar
So‘nggi paytlarda Toshkent juda o‘zgarib ketdi, ammo men uchun alohida ahamiyatga ega bo‘lgan joylar bor.
Bulardan biri Botanika bog‘idir. Bu yerda o‘zim bilan yolg‘iz qolishim, hayot haqida mulohaza yuritishim yoki shunchaki odamlarni kuzatishim mumkin.
— “Moviy gumbazlar” xiyobonini juda yaxshi ko‘raman: u menga universitetga tayyorgarlik ko‘rgan paytlarimni va rus tili to‘garaklarini eslatadi.
Teatr
Kino yoki teatrga juda kam boraman, lekin Ilhom teatridagi tomoshalar menga juda yoqadi. Umuman olganda, Ilhom — men juda sevadigan Toshkentning bir qismi.
Dam olish kunlarida teatrda “Ka mate. Ka ora” va “Uch baland bo‘yli ayol” tomoshalari premyera qilinarkan. Aslida, sentyabr oyi tomoshalarga boy hisoblanadi.
— Teatr insonga ruhiy xotirjamlik bag‘ishlaydi. Shu bilan birga, siz tomoshalarni ko‘ra turib, bir sira o‘z hayotingiz va kechinmalaringiz haqida qayta fikr qilishga ulgurasiz.
Taom
So‘nggi paytlarda Toshkentda ko‘plab yaxshi restoranlar paydo bo‘lgani meni xursand qiladi. Tanlov qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha yaxshi deb hisoblayman.
Har safar o‘zim uchun yangi joylarni kashf qilaman. Hozirgi eng sevimli taomlarim: Benedict’dagi yong‘oqli guruch bo‘tqasi, Suwon’da tushlik uchun pulkogi, kechki ovqatga esa Shashleek’da non, kola va kabob.
— Mana shular eng-eng sevimli joylarim deb bemalol ayta olaman. U joylarda muhit ham, taomlar ham o‘zgacha.
Xarid
Asosiy xaridlarimni Yevropada qilaman, u yerdagi autlet markazlari menga juda yoqadi.
Shuningdek, ko‘plab sifatli brendlar va Rossiya mahsulotlari paydo bo‘ldi. Ularning filiallari Toshkentda ham taqdim etilayotgani quvonarli.
— Mahalliy dizaynerlarimizning ishlarini ham yaxshi ko‘raman. Barcha kiyimlarni mamnuniyat bilan xarid qilib, doimiy ravishda kiyib yuraman.
Tadbirlar
Men odatda reklama sohasidagi tadbirlarga boraman. U yerda netvorking uchun juda qulay muhit shakllanadi.
Afsuski, boshqa tadbir yoki festivallarga bora olmayman. Bunga vaqt yetmasligini sabab qilib ko‘rsatishim mumkin.
— O‘zim rahbarlik qiladigan kompaniya ham bir qancha tadbirlar tashkil etishga ulgurdi. Biz doimiy ravishda masshtabni kengaytirishga harakat qilamiz.