Toʻrtinchi “Oʻrgimchak odam” filmi nomi eʼlon qilindi


Film “Spider-Man: Brand New Day” deb nomlanadi. 2008-yilda nashr etilgan shu nomdagi komikslar seriyasi Oʻzbekistonda “Oʻrgimchak odam: Yangi kun” nomi bilan mashhur.
U Piter Parkerning tarixi qayta boshlanganidan keyingi sarguzashtlari haqida hikoya qiladi: superqahramon haqidagi oldingi komikslarda u Em Jey bilan munosabatlarini oʻz hayotidan “oʻchirishi” kerak boʻlgan, insoniyat esa Parker va Oʻrgimchak bir shaxs ekanligini unutgan edi.
Xuddi shunday holat, garchi boshqa voqealar tufayli boʻlsada, Marvelning Oʻrgimchak odam haqidagi soʻnggi filmi “Uyga qaytish yoʻli yoʻq”da ham yuz berdi. Aslida, kinostudiya qahramonni qayta ishga tushirmoqda. “Bu yangi boshlangʻich”, — deydi bosh rolni ijro etuvchi Tom Holland.
Kelajakdagi filmning syujeti haqida hozircha hech narsa maʼlum emas. Uni “Shan-Chi va oʻnta uzuk afsonasi” rejissyori Destin Deniyel Kretton suratga oladi. Yaqinda aktyorlar safiga “Juda gʻalati voqealar” seriali yulduzi Sedi Sink ham qoʻshildi — uning qaysi rolda oʻynashi hali nomaʼlum (biroq u Oʻrgimchak odamning yangi sevgilisi Gven Steysini gavdalantirishi mumkinligi haqida taxminlar bor).
“Yangi kun” 2026-yil iyul oyida ekranlarga chiqadi.