РУ
O’Z
UZS
/
/
Yomg‘irli havodan quyoshligacha bir qadam: O‘zbekistondagi ob-havo va har bir kun uchun 7 ta obraz
10.11.2024 (yangilandi 10.11.2024)

Yomg‘irli havodan quyoshligacha bir qadam: O‘zbekistondagi ob-havo va har bir kun uchun 7 ta obraz

Yomg‘irli havodan quyoshligacha bir qadam: O‘zbekistondagi ob-havo va har bir kun uchun 7 ta obraz

O‘zbekistonda kuzgi ta’tillar ham o‘z nihoyasiga yetdi, o‘ylaymizki hamma dam olishga ulgurdi, yoki bolalarni miriqib dam oldiraman deb ba’zilar ota-onalik vazifalaridan ham charchagan bo‘lishi mumkin. Nima bo‘lishidan qat’iy nazar, noyabr hozir ayni avjiga chiqqan va endi biz unga moslashishimiz hamda shunga yarasha kiyinishga harakat qilishimiz kerak. Masha esa avval Toshkentdagi ob-havo prognozini “O‘zgidromet”dan tekshirib, so‘ng “Tashkent City Mall”da joylashgan “Zara” do‘koniga yangi hafta obrazlari uchun xarid qilishga otlandi. 

11-noyabr - 17-noyabrda Toshkentdagi ob-havo 

11-noyabr 

Dushanba kuni Toshkentda yoqimli va ochiq ob-havo bo‘ladi, tashqarida +14°C. Lekin kechqurunlari sovuq – +5°C, shuning uchun issiq va modaga mos kiyimlar kiyishni unutmaslikni tavsiya qilamiz.  

Mashaning obrazi: 

Trikotajli nimcha

Tekis jinsilar

12-noyabr

Ikkinchi ish kuni bulutli va quyoshsiz bo‘ladi. Termometr +14°C ni ko‘rsatadi, lekin qora bulutlar hatto eng ijobiy insonlarni boshi uzra suzib yuradi. Ish jarayoniga to‘liq sho‘ng‘ishning ayni vaqti, sayr qilishlarni esa dam olish kunlariga rejalashtiramiz.

Mashaning obrazi: 

Dekorativ broshli top  

Keng va chiziqli shim

13-noyabr 

Chorshanba – haftaning eng sovuq va yomg‘irli kuni bo‘ladi. Tashqarida +8°C, yomg‘ir yog‘adi va kayfiyat ham shunday havoga monand. Ammo, umidimizni hech so‘ndirmaymiz-da, sevimli ko‘ylak yoki paltomizni kiyib, chiroyli bezanib, o‘z kayfiyatimizni o‘zimiz ko‘taramiz.  

Mashaning obrazi:

Drapirovkali ko‘ylak  

Keng yoqali palto

14-noyabr 

Payshanba kuni havo biroz iliqlashadi, harorat +10°C bo‘ladi, asta-sekin quyosh yana ko‘rina boshlaydi. Kechqurun juda sovuq bo‘lishi mumkin, taxminan +3°C. Issiq ustki kiyimni kiyishni unutmang. 

Mashaning obrazi: 

Bayker uslubidagi kurtka

15-noyabr 

Juma kuni Toshkentda ob-havo quyoshli bo‘lib, +12°C ni ko‘rsatadi va dam olish kunlari yaqinlashgani ko‘ngilni ko‘taradi. Dam olishni bugun kechqurundan boshlashga nima deysiz? Masalan, uyda “yaltiraydigan” kechki ziyofat yoki yaltiroq kiyimda restoranga chiqish.

Mashaning obrazi: 

Tangacha va popuklar bilan bezatilgan ko‘ylak

16-noyabr 

Toshkentdagi ob-havo dam olish kunlarida quyosh nuridan nur sochadi va +14°C bo‘ladi. Kuzgi so‘lim havo! Shu kunda burgundi rangli libos bilan tashqariga chiqing, axir bu mavsumning eng trendli rangi.  

Mashaning obrazi: 

Atlas rubashka  

Burmali shim

17-noyabr

Yakshanba va bizni yana quyoshli ob-havo kutmoqda – +14°C, yorqin quyosh va shamolsiz. Haqiqiy bayram! Oila a’zolarini yig‘ib, chiroyli va yangi obrazda oilaviy branch yoki tushlikka borishni unutmang. 

Mashaning obrazi: 

Bahmal detallari bor ko‘ylak