Toshkent manzaralarini koʻrish mumkin boʻlgan terrasaga ega restoranlar
Toshkent uzoq yillardan beri oʻzining azim va navqiron hashamati bilan minglab sayyohlar qalbidan joy olib keladi. Bugungi toʻplamda ham ovqatlanib, ham shahar manzarasini tomosha qilish mumkin boʻlgan joylar roʻyxatini tuzib chiqdik. Bu restoranlarning har biriga borib koʻrish kerak.
La Cantine
2018-yildan beri faoliyat olib borayotgan ushbu restoranning umumiy zali 75 oʻringa moʻljallangan boʻlsa, yozgi terrasasi esa 30 oʻringa moʻljallangan.
- Murojaat uchun telefon: +998930000303
- Manzil
Arrows & Sparrows
Ilk bor BAAning Dubay shahrida tashkil etilgan loyihaning Oʻzbekistondagi franshizasi Toshkent Cityʼda joylashgan boʻlib, bu yerning terrasasidan baland binolar va favvoralar guvohi boʻlish mumkin.
Shuningdek, bu maskanda har xil turdagi, jumladan, vegeteriancha va Yevropa taomlarini topish mumkin.
- Murojaat uchun telefon: +998996008811
- Manzil
Azur Terrace Garden
“Riviera” savdo markazi yaqinida joylashgan restoran oʻz terrasasi va Oʻrta yer dengizi oshxonasi bilan ajralib turadi. Nafaqat restoran menyusidan, balki bar menyusidan ham oʻzingiz xohlagan taom va ichimliklarni topishingiz mumkin.
- Murojaat uchun telefon: +998712050511
- Manzil
“Koinot”
Odatda bunday roʻyxatlarda tilga olinmaydigan “Koinot” restorani Toshkent teleminorasida, yer sathidan 100 metr balandlikda joylashgan. Narxlar biroz qimmat ekaniga qaramasdan, bu yerga chiqish va poytaxtni kaftdagidek koʻrish uchun arziydi.
- Murojaat uchun telefon: +998998981111
- Manzil
Belle Maman
Belle Maman ovqatlanish maskanida nafaqat ajoyib yozgi terrasa va mazali taomlar, balki koʻp bora oʻtkaziladigan oʻziga xos aksiyalardan ham bahramand boʻlish mumkin.
- Murojaat uchun telefon: +998901853330
- Manzil
Bon!
Toshkentda turib oʻzingizni Fransiyadagidek his qilishingizga yordam beradigan kichik va shinam joylardan biri bu Bon! kafesidir. Ushbu ovqatlanish maskanining bir qator filiallari boʻlib, Taras Shevchenko koʻchasida joylashgan filialda yozgi terrasa ham mavjud.
- Murojaat uchun telefon: +998712525694
- Manzil
B&B
B&B kafesining ham filiallari koʻp, ammo Seul Munda joylashgan kafening yozgi terrasasida yozda suv boʻyidagi salqinlikda dam olishingiz mumkin. Bundan tashqari, ikkinchi yarmingiz yoki doʻstlaringiz bilan quyosh botishini kuzatish uchun ham ayni muddao boʻladi.
- Murojaat uchun telefon: +998712098448
- Manzil