РУ
O’Z
UZS
/
/
Toshkentda dam olish kunlari iliq ob-havo kuzatiladi
01.11.2024

Toshkentda dam olish kunlari iliq ob-havo kuzatiladi

Toshkentda dam olish kunlari iliq ob-havo kuzatiladi

Poytaxtda 2−3-noyabr kunlari iliq va quyoshli, yogʻingarchiliksiz ob-havo kuzatilishi kutilmoqda.

Shanba kuni tushdan keyin quyoshli ob-havo boʻlishi va harorat +21 ° gacha koʻtarilishi prognoz qilingan. Kechasi biroz bulutli boʻladi, bunda koʻrish imkoniyati biroz pasayadi, shuningdek, harorat +9° gacha tushishi mumkin.

Yakshanba kuni tushdan keyin havo biroz bulutli boʻlib, havo harorati +24° gacha koʻtarilishi kutilmoqda. Dushanbaga oʻtar kechasi sezilarli bulutli boʻladi, tutun hosil boʻlishi natijasida koʻrishning qisqarishi kuzatiladi, shuningdek, harorat +13 ° gacha pasayishi kutilmoqda.