Toshkentda “Fashion & Textile Expo” koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi
“Fashion & Textile Expo” tekstil sohasidagi ishlab chiqaruvchilar, xaridorlar va mutaxassislarni birlashtiradigan unikal tadbir hisoblanadi. Koʻrgazmada 20 ta mahalliy va 15 ta xorijiy brend mahsulotlari namoyish etilishi kutilmoqda.
Toshkent shahridagi CAEx markazida 22–24-iyul kunlari “Fashion & Textile Expo” koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi.
“Fashion & Textile Expo” tekstil sohasidagi ishlab chiqaruvchilar, xaridorlar va mutaxassislarni birlashtiradigan unikal tadbir hisoblanadi.
Xalqaro koʻrgazma moda sohasidagi yangiliklar, tekstil anjomlari va trendlar haqida fikr almashiladigan maydon boʻladi. Undan koʻzlangan maqsad sohadagi yangi tendensiyalar bilan tanishishdir.
Tadbirga Turkiya, Xitoy, Rossiya, Oʻzbekiston kabi davlatlarning tekstil fabrikalari rahbar va xodimlari hamda 120 dan ortiq potensial xaridorlar qatnashadi. 3 kunlik dastur davomida mehmonlarni master-klasslar kutib turibdi.
Koʻrgazmada 20 ta mahalliy va 15 ta xorijiy brend mahsulotlari namoyish etilishi kutilmoqda. Tadbir har kun soat 10:00 dan 17:00 ga qadar boʻlib oʻtadi. Mehmon sifatida qatnashish bepul. Batafsil maʼlumotni +998 99 885 23 47 telefon raqami orqali olish mumkin.