/
/
Toshkentdagi eng yaxshi 7 ta karaoke-bar
24.07.2024

Toshkentdagi eng yaxshi 7 ta karaoke-bar

Toshkentda har xil turdagi dam olish maskanlarini uchratish mumkin. Ular orasida keng tarqalganlaridan bir bu karaokeda qoʻshiq kuylashdir. Siz bilan birga kuylaydigan yoki oʻzingiz kuylaganda kulmaydigan doʻstlarni topish bu hayotdagi asosiy yutuqlardan biri. Oʻz musiqiy didingizni koʻrsatib qoʻyishingiz uchun biz Toshkentdagi eng yaxshi 7 ta karaoke-barini bir toʻplamga yigʻdik.

Toshkentdagi eng yaxshi 7a ta karaoke-bar

Rooms

Foto: Rooms

Bu joyda karaoke kuylashdan tashqari kino tomosha qilish, stol oʻyinlari va Play Station oʻyinash imkoniyati bor. Roomsʼda qoʻshiqlarning katta bazasi mavjud, shuningdek, YouTubeʼga kirish imkoniyati ham bor. Bar va oshxona menyusidan istalgan taom va ichimliklarni buyurtma berish mumkin.

  • Ish vaqti: 24 soat
  • Telefon: +998991881818
  • Manzil

Bariton

Foto: Bariton

Toshkent aholisi va mehmonlari orasida mashhur boʻlgan bu karaoke klubida alohida dam olish uchun kabinalar mavjud. Bundan tashqari, umumiy xona ham bor. Xonalar odatda 6-15 kishiga moʻljallangan. Bariton bor eʼtibor ishga qaratilgan uzun kundan keyin yayrash uchun ayni muddao hisoblanadi.

  • Ish vaqti: 18:00 dan 05:00 gacha
  • Telefon: +998900945556
  • Manzil

Neon

Foto: Neon

Neon karaoke-bar hisoblanmaydi. Ammo shunga qaramay, bu yerda Play Station va boshqa har xil stol oʻyinlari bilan bir qatorda qoʻshiq kuylash ham mumkin. Neonʼda qoʻshiqlar bazasi mavjud va xohlasangiz, YouTubeʼdan ham foydalanib, sevimli qoʻshigʻingizni topishingiz mumkin.

  • Ish vaqti: 24 soat
  • Telefon: +998993221111
  • Manzil

Oblacko

Foto: Oblacko

Oblacko aslida launch-bar boʻlib, bu yer ham oʻz qoʻshiqlar bazasiga ega. Shuningdek, xuddi yuqorida boʻlgani kabi agar xohlasangiz, YouTube tarmogʻidan ham foydalanishingiz mumkin. Bundan tashqari, ovqatlanish istagida boʻlganlar uchun katta tanlov imkoniyati boʻlgan menyu ham bor.

  • Ish vaqti: 11:00 dan 04:00 gacha
  • Telefon: +998997988488
  • Manzil

Atlantis

Foto: Atlantis

Bu yerda har xil dizayndagi 13 ta xona boʻlib, menyu boʻyicha ovqatlar va ichimliklarni ham buyurtma qilish mumkin. Poytaxtning Sergeli tumanida joylashgan bu karaoke klubining mehmoni boʻlish dam olish uchun ajoyib imkoniyat yaratadi.

  • Ish vaqti: 17:00 dan 03:00 gacha
  • Telefon: +99871207-0606
  • Manzil

Fabula

Foto: Fabula

Oddiylik qadrlanadigan ushbu Fabula karaoke-barida ikki turdagi kabinalarda dam olishingiz mumkin. Maskanda oshxona va bar mavjud boʻlib, istalgan taom va istalgan ichimlikni buyurtma qilish imkoniyatiga egasiz.

  • Ish vaqti: 18:00 dan 05:00 gacha.
  • Telefon: +998909479961.
  • Manzil

Karaoke Life

Foto: Karaoke Life

Bu yerda qoʻshiq kuylashingiz, undan zerikkan vaqtda esa boshqa oʻyinlar, masalan, Play Station yoki Mafia oʻynashingiz mumkin. Aynan shu yerda katta turnirlar vaqtida futbol oʻyinlarining translyatsiyalarini tomosha qila olasiz. Oʻz bayramingizni nishonlash uchun ham Karaoke Life ayni muddao.