РУ
O’Z
UZS
/
/
Toshkentning Sputnik massivida dendropark tashkil etiladi
27.11.2024

Toshkentning Sputnik massivida dendropark tashkil etiladi

Toshkentning Sputnik massivida dendropark tashkil etiladi

Mazkur hudud atrofi turli daraxtlar va oʻsimliklar bilan qoplangani sabab, renovatsiya dasturi Gulshonobod mahallasida amalga oshiriladi.

Avvalroq Toshkent shahrining Yangihayot tumanida joylashgan “Yoʻldosh” (eski “Sputnik”) massivida renovatsiya dasturi amalga oshirilishi haqida xabar berilgandi.

“Tashkent Invest” kompaniyasi mazkur hududni renovatsiya qilish loyihasi toʻgʻrisida axborot maʼlumotnomasini taqdim etdi.

Hududda 1966-yilning yozida yashay boshlagan aholi uchun uy-joy masalasining vaqtinchalik yechimi sifatida 400dan ortiq ikki qavatli yogʻoch uylar qurilgan. Hozirda ular maʼnan eskirgan va har bir kishiga 16 kv.metrdan kamroqdan toʻgʻri keluvchi xonadonlar maydoni hamda maishiy sharoitlarning mavjud emasligi talablarga javob bermaydi.

“Aksariyat uylarning yogʻoch qurilish konstruksiyalari va muhandislik tarmoqlari yuqori darajada jismoniy eskirgan hamda energiya tejamkor emas va yongʻin xavfi yuqori. Bunday uylarda yashash aholi uchun noqulay va hatto xavflidir”, — deyiladi xabarda.

“Yoʻldosh” mavzesi hududidagi daraxt va yashil oʻsimliklarni saqlab qolish maqsadida renovatsiyani boshqa joyda amalga oshirish belgilandi. Oʻrganishlar natijasida dastur uchun mavzedan 1,5 km uzoqlikdagi “Gulshonobod” mahallasi tanlandi. Hudud barcha talablarga javob berishi hamda aholini koʻchirish infratuzilma va mahalla oʻrtasidagi aloqani saqlab qolishga xizmat qilishi taʼkidlandi.

“Toshkent Invest” quruvchi kompaniya bilan birgalikda zamonaviy tuman loyihasi va konsepsiyasini ishlab chiqmoqda. U oʻz ichiga ijtimoiy, transport va kommunal infratuzilmani olib, xonadonlarning dastlabki va oxirgi pardozlashiga eʼtibor qaratiladi.