12.02.2025
“Uddalab boʻlmas topshiriq 8” filmining treyleri eʼlon qilindi


Muallif
Shohzamon Shuhratov
AQSHda regbi boʻyicha Amerika Superkubogi uchun boʻlib oʻtayotgan oʻyin tanaffusi paytida “Uddalab boʻlmas topshiriq” filmining sakkizinchi qismi uchun treyler eʼlon qilindi.
Bu Tom Kruz ijrosidagi “Uddalab boʻlmas topshiriq”ning navbatdagi qism emas, balki barcha voqealarni yakunlaydigan final hisoblanadi. Premyera sanasi 21-mayga belgilangan.
Syujetga koʻra, Itan Xant butun dunyoga tahdid solayotgan innovatsion sunʼiy intellektni topishga harakat qiladi.
Blokbaster treylerini quyida tomosha qilish mumkin.