верхний лего
РУ
O’Z
UZS
/
/
Uzbekistan Airways bir qator xalqaro va ichki reyslarga chegirma eʼlon qiladi
28.11.2024

Uzbekistan Airways bir qator xalqaro va ichki reyslarga chegirma eʼlon qiladi

Uzbekistan Airways bir qator xalqaro va ichki reyslarga chegirma eʼlon qiladi

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi “Yorqin payshanba” aksiyasi doirasida Oʻzbekiston shaharlaridan qator xalqaro va ichki reyslarga 20 foizgacha chegirma taqdim etadi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Bir kun davom etadigan aksiyada 28-noyabr kuni quyidagi aviareyslarga chegirma amal qiladi:

  • Toshkentdan Anqara, Bishkek, Milan, Myunxen, Nukus, Parij, Urganch va ortga;
  • Buxoro va Urganchdan Istanbulga va ortga.

Aksiya faqat bir kun — 28-noyabr kuni soat 00:00 dan 23:59 gacha amal qiladi. Chiptalarni kompaniya rasmiy veb-sayti orqali xarid qilish mumkin.

Yoʻlovchi va yuk tashish tariflariga qoʻshimcha ravishda turli soliqlar, yigʻimlar va toʻlovlar ham oʻrnatiladi. 20 foizgacha chegirma yigʻimlar, soliqlar va boshqa qoʻshimcha toʻlovlar uchun amal qilmaydi.

Bu qiziq

"Aliekspress"da LEGO analoglari sotilmoqda
"Aliekspress"da LEGO analoglari sotilmoqda
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.