16.04.2025
                                            
                    
                Jahongir Otajonov “Nastarin” qoʻshigʻiga kover ishladi
 
                 
                            
                                                                Muallif
                        
                                                                                    Shohzamon Shuhratov
                                                                        Xonanda Jahongir Otajonov 10-may kuni Humo Arena majmuasida navbatdagi yakkaxon konsertini taqdim etadi.
Yaqinda sanʼatkor konsertga tayyorgarlik koʻrish jarayonida suratga olingan videoni muxlislari eʼtiboriga havola etdi.
Unda Otajonov xonanda Yulduz Usmonovaning “Nastarin” qoʻshigʻini kuylayotganini koʻrish mumkin. U jonli ijroda boʻlgan.
“Yulduz Usmonova, faqat sudga berib yubormang”, deb ijroni boshlagan ijodkor. Bu qoʻshiq konsertda ijro etilish-etilmasligi hozircha nomaʼlum.
 
             
         
         
         
     
         
         
         
         
         
         
         
         
         
         
        