22.07.2025
Ruxsora Em o‘ziga bunday ism kim tomonidan berilgani haqida so‘zlab berdi


Muallif
Shohzamon Shuhratov
Taniqli o‘zbek blogeri Ruxsora Em Instagram’dagi kuzatuvchilariga o‘z ismining kelib chiqish tarixi haqida ma’lumot berdi.
U ismni buvisi qo‘yganini aytib, bu fors tilidagi ism ekanligini ta’kidladi. Blogerning so‘zlariga ko‘ra, “Ruxsora” ismi “samimiy, pok qalb” degan ma’noni anglatadi.
Bloger ayol ismning inson hayotidagi chuqur ahamiyatini alohida ta’kidladi. U nafaqat ismning tarjimasi, balki ism qo‘yishdagi niyat va unga singdirilgan ma’no ham muhimligini qayd etdi.