верхний кино
РУ
O’Z
UZS
/
/
Uzbekistan Airways mahalliy ekonom-klass reyslari uchun maksimal narxlarni pasaytirdi
16.05.2025

Uzbekistan Airways mahalliy ekonom-klass reyslari uchun maksimal narxlarni pasaytirdi

Uzbekistan Airways mahalliy ekonom-klass reyslari uchun maksimal narxlarni pasaytirdi

Amaldagi 10 ta tarif darajasi o‘rniga soddalashtirilgan tartibda 4 ta tarif tizimi joriy etildi. Yangi tarif tarmog‘i 9 ta yo‘nalish uchun amal qiladi.

image

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!

icon

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi mahalliy aviaqatnovlar uchun iqtisodiy-klass tariflar tizimini to‘liq yangiladi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, amaldagi 10 ta tarif darajasi o‘rniga soddalashtirilgan tartibda 4 ta tarif tizimi joriy etilib, maksimal tariflar pasaytirildi.

Bu orqali tarif narxlarini tanlash tushunarliroq bo‘ladi hamda minimal tariflar bo‘yicha mavjud joylar soni oshiriladi. Shuningdek, ko‘proq yo‘lovchilarga arzon aviachiptalardan foydalanish imkonini beradi.

Har bir tarifda ikki xil variant mavjud: qaytarilishi mumkin bo‘lgan (bagaj bilan) va qaytarilmaydigan (bagajsiz) chiptalar. Eng past chipta narxi o‘zgarishsiz qoldirildi. Tariflar oralig‘i esa qulaylik, moslashuvchanlik va narx o‘rtasidagi balansni ta’minlash uchun optimallashtirilgan.

Shuningdek, aviakompaniya maksimal tariflarni pasaytirilishi aholi mobilligini oshirishga xizmat qilishini kutmoqda.

Yangi tarif tarmog‘i quyidagi yo‘nalishlarga nisbatan amal qiladi:

  • Toshkent-Samarqand — 249 ming so‘mdan;
  • Toshkent-Namangan — 249 ming so‘mdan;
  • Toshkent-Farg‘ona — 249 ming so‘mdan;
  • Toshkent-Qarshi — 278 ming so‘mdan;
  • Toshkent-Termiz — 424 ming so‘mdan;
  • Toshkent-Buxoro — 293 ming so‘mdan;
  • Toshkent-Urganch — 512 ming so‘mdan;
  • Toshkent-Nukus — 512 ming so‘mdan;
  • Buxoro-Urganch — 336 ming so‘mdan.

May oyi boshida Shavkat Mirziyoyev raisligida Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda ichki reyslar jozibador emasligi uchun xususiy kompaniyalar asosan xorijga qatnashi, ichki bozorda raqobat bo‘lmagani uchun, Toshkent-Urganch yo‘nalishida bir hafta oldin chipta qolmaydi, narxi qimmatligi qayd etilgandi.

Bu qiziq

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.