1
РУ
O’Z
UZS
/
Pul
/
Alisher Usmonov dividend daromadlari bo‘yicha Rossiyada beshinchi o‘rinni egalladi
06.07.2025 (yangilandi 09.07.2025)

Alisher Usmonov dividend daromadlari bo‘yicha Rossiyada beshinchi o‘rinni egalladi

Alisher Usmonov dividend daromadlari bo‘yicha Rossiyada beshinchi o‘rinni egalladi

Forbes jurnali 2024-yilda eng ko‘p dividend olgan rossiyalik milliarderlar reytingini e’lon qildi.

Ro‘yxatning birinchi pog‘onasida Severstal kompaniyasining asosiy aksiyadori Aleksey Mordashov (oila a’zolari bilan birga) joy oldi. U joriy yilda 201,8 milliard rubl miqdorida dividend daromadiga ega bo‘lgan. Uning asosiy daromad manbai kon-metallurgiya sohasidagi Severstal kompaniyasidir.

Ikkinchi o‘rinni neft sanoatining yirik vakili — LUKOYL kompaniyasining asoschisi Vagit Alekperov egalladi. U 2024-yilda 201 milliard rubl dividend olgan. Bu mablag‘larning barchasi LUKOYL neft-gaz kompaniyasidan kelib tushgan.

To‘rtinchi o‘rinni Novatek gaz kompaniyasi boshqaruvi raisi va Sibur neft-gaz-kimyo kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Leonid Mixelson (va uning oilasi) egalladi. 2024-yilda dividendlar miqdori 104 mlrd rublni tashkil etdi. Dividendlarning asosiy manbalari ikkala kompaniya bo‘ldi.

Beshinchi o‘rinda metallurgiya, tog‘-kon sanoati, telekommunikatsiya va texnologiyalar sohasidagi aktivlarni, jumladan, Metalloinvest va MegaFon operatorini boshqaradigan USM xoldingining asoschisi Alisher Usmonov turadi. 2024-yilda uning dividendlari miqdori 96,2 mlrd rublni tashkil etdi. Dividendlarning asosiy manbalari u egalik qiluvchi kompaniyalar hisoblanadi.

Bu qiziq

Mavsumni qo‘ldan boy bermang
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.