/
/
Xonanda Afruza turmushga chiqmoqda: baxtli lahzalar va samimiy tilaklar
13.09.2024

Xonanda Afruza turmushga chiqmoqda: baxtli lahzalar va samimiy tilaklar

Afruzaning hamkasblari va kuzatuvchilari izohlarda unga baxt tilab, samimiy tilaklarini yozib qoldirmoqda.

Xonanda Afruza turmushga chiqmoqda

Ayni paytda AQSHda boʻlib turgan xonanda marry me jarayoni aks etgan video bilan boʻlishdi.

Videoda vertolyotdagi parvoz vaqtida xonandaning hamrohi unga uzuk berib, qoʻlini soʻragani aks etgan.

Afruzaning hamkasblari va kuzatuvchilari izohlarda unga baxt tilab, samimiy tilaklarini yozib qoldirmoqda.

Xonandaning boʻlajak turmush oʻrtogʻi ijodkorga begona emas. U Afruzaning musiqiy prodyuseri hamda administratori Behruz Ahmedov ekani aytilmoqda.

Maʼlumot uchun, Afruza taxallusi bilan ijod qiluvchi Dilafruz Rustamova 1996-yilda Fargʻona viloyatida tugʻilgan. 2021-yilda “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlangan.