верхний кино
РУ
O’Z
UZS
/
/
O‘zbekiston terma jamoasi Braziliyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadimi?
31.05.2025

O‘zbekiston terma jamoasi Braziliyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadimi?

O‘zbekiston terma jamoasi Braziliyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston terma jamoasi 10-oktyabr kuni Braziliya terma jamoasi bilan o‘ynashi mumkinligi borasida xabarlar tarqaldi. Wikipedia’da qayd etilishicha, Temur Kapadze jamoasi Yaponiyaning Saytama shahrida “pentakameonlar”ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.

image

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!

icon

“Daryo” ushbu ma’lumot yuzasidan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan bog‘landi. Ular ushbu ma’lumot haqiqatdan yiroq ekanligi, shuningdek, agar O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritilsa, kuzda bo‘ladigan FIFA kunlarida kuchliroq terma jamoalarga qarshi uchrashuvlar tashkil qilinishi mumkinligi, ammo Braziliya terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazilishi borasida hech qanday ma’lumot yo‘qligini bildirdi.

Ta’kidlash kerakki, Wikipedia’da Braziliya terma jamoasi oktyabr oyida Yaponiyada ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi belgilangan. Ulardan biri kunchiqar yurt vakillariga qarshi o‘tkaziladi. Mazkur bahs 14-oktyabrga belgilangan. Ammo “pentakampeonlar” 10-oktyabrda qaysi jamoaga qarshi maydonga tushishi qayd etilmagan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi 5-iyun kuni Jahon chempionati saralashi doirasidagi BAAga qarshi uchrashuvda maydonga tushadi. Shuningdek, 10-iyun kuni Toshkentda Qatarni qabul qiladi. Temur Kapadze jamoasi mazkur bahslarda o‘ziga kerakli ochkolarni qo‘lga kirita olsa, mundial masalasini hal qiladi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston hozirda A guruhida 17 ochko bilan 2-o‘rinni egallab turibdi. Ularning eng yaqin ta’qibchisi BAA hisobida 13 ochko mavjud.

Bu qiziq

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.