Xonanda Manzura turmushga chiqmoqda. Kuyov kim?


Qoʻshiqchi Manzura tez orada turmushga chiqishi mumkin. U bu haqda Instagramʼga joylangan videoda gapirgan.
Turli pabliklarda tarqalayotgan videoga koʻra, Manzura aktyor va teleboshlovchi Murod Yoʻldoshev bilan oila qurishi kutilmoqda.
Ular video davomida qanday tanishib qolgani haqida gapirgan. Xususan, Murod toʻyda Manzuraga salom bergan. Qoʻshiqchi esa unga sovuqqina javob qaytargan.
“Oʻsha kundan beri biz toʻy uchun harakatdamiz. Umuman toʻxtamayapmiz harakatdan”, — deya taʼkidlaydi xonanda.
Ushbu juftlik bir qancha marosimlarda ham birgalikda koʻrinish bergan. Murod Yoʻldoshev Manzuraning soʻnggi kliplarida faol tarzda suratga tushmoqda.
Bu videodagi gaplar haqiqat yoki hazil ekani hozircha maʼlum emas. Umid qilamizki, tez orada sevimli xonandamizdan xushxabar eshitamiz.