РУ
O’Z
UZS
/
/
Yangi hashamat — interyer dizaynidagi trend. Bu nima va uni qanday takrorlash mumkin?
10.07.2024

Yangi hashamat — interyer dizaynidagi trend. Bu nima va uni qanday takrorlash mumkin?

Yangi hashamat — interyer dizaynidagi trend. Bu nima va uni qanday takrorlash mumkin?

Zamonaviy tushunchadagi uy nafaqat yashash uchun makon, balki o‘z egasining, shuningdek, global lifestyle-trendlarning aksidir. Ulardan biri slow life yoki “sekin hayot” falsafasiga aylandi. Bu haqda batafsil ma’lumot beramiz.

Slow life nima?

Bu, hammamiz tezkor hayot sur’ati, bitmas-tuganmas ish va vazifalar oqimi, shuningdek, axborot shovqinlari tufayli lahzada yashashni to‘xtatib, ortiqcha iste’mol mavzulari asosiy o‘ringa chiqib, oddiy quvonchlarni chetda qoldirganda yuz berdi. Bu esa bizni o‘ylash va sekinlashishga majbur qildi.

Slow life falsafasi ustuvorliklarni aniqlashga yordam beradi: ikkinchi darajali narsalardan voz kechish, vakolatlarni topshirishni o'rganish, “yo‘q” deyishni va o'zgarishni bilish. Masalan, navbatdagi ish uchrashuvi o‘rniga, vaqtni oila bilan o'tkazish.

 

Qahvaxonadan takeaway o‘rniga chiroyli krujkada yangi damlangan qahva, sushi o‘rniga buvingning retseptlar kitobidan taomlar, impulsiv xarid o‘rniga ongli xaridlar, energetiklar o‘rniga uyqu. Bularning barchasi g‘amxo‘rlik, iliqlik, qulaylik va "sekin hayot" haqidadir.

Ammo asosiy qadriyatlardan tashqari, bu trend hayotimiz sifatiga ta’sir ko‘rsatadigan boshqa, unchalik sezilarli bo‘lmagan jihatlarga ham ta’sir ko‘rsatdi — masalan, interyer dizayni. U haqida batafsilroq ma’lumot bermoqchimiz, chunki slow life bizga yangi hashamat trendini taqdim etdi.

Interyer dizayni va makonlarda “yangi hashamat”

Klassik hashamatdan (xrustal qandillar va noldan yasalgan charm divanlarni, shiftdagi naqshlar va marmar yodga tushadi) farqli o‘laroq, uning zamonaviy va “sekin” varianti sifat, qulaylik va ixchamlik haqida so‘zlaydi.

Yangi hashamat vulgar emas, u “men qadrli va boyman” deb qichqirmaydi va umuman hech kim bilan raqobatlashishga urinmaydi. Ushbu uslubdagi interyer mayda detallargacha o‘ylangan va har bir detal o‘ziga xos ahamiyatga ega.

Interyerdagi yangi hashamatning ajralib turadigan xususiyatlari

  • Detallar va sifat 

U ilk daqiqalardanoq hayratlantirishga urinmaydi, har doim uyg‘unlik va sifatni (eng avvalo ko‘zga ko‘rinmaydigan narsalarda) afzal ko‘radi. Bunday uslubda interyer yaratishda dizaynerlar detallarga e’tibor berishni va har kuni foydalaniladigan buyumlar — eshik tutqichlari, kalitlar, santexnikaga e’tibor berishni afzal ko‘radi.

  • Yangi hashamat takrorlanishni yoqtirmaydi

Mass-marketga bo‘lgan ommaviy qiziqish bizda noyob, mualliflik mahsulotlariga bo‘lgan muhabbatni qaytardi. Gap aynan siz va interyeringiz uchun yaratilgan narsalar haqida ketmoqda. Bu original mebel, qo‘lda yasalgan gilam, eksklyuziv kamin va boshqa narsalar — ular nafaqat maqomni ta’kidlaydi, balki dekor-dizaynni betakror qiladi. Siz qo‘shnilaringiz uyida shunga o‘xshash narsani ko‘rishingiz dargumon.

  • San’at va vintajni yaxshi ko‘radi

Kolleksiyaga oid san’at asarlari, vintaj kreslo, Yevropa bozoridan topgan shamdonlar yoki buvingizning chinni idishlari — bu abadiy trendlar bo‘lib, o‘z xaridorlarini hech qachon yo‘qotmaydi.

  • Kreativlik va ijodkorlik haqida yangi hashamat

Yangi hashamat sizdan individuallik, ijodiy namoyon bo‘lish va kreativlikni talab qiladi. O‘z uyingiz yoki kvartirani jihozlayotganda, interyer orqali o‘z shaxsiyatingizni qanday ochib berishingiz, sizni qiziqtiradigan, ajratib turadigan va shaxs sifatida shakllantiradigan narsalarni ko‘rsatishingiz mumkinligi haqida o‘ylab ko‘ring.

  • U brendlarga pul tikmayd

Zamonaviy hashamat nafaqat lyuks markalar (garchi ular ham o‘z o‘rniga ega) haqida, balki tarixga ega narsalar haqidadir. Uyingizdagi rasmni chizgan taniqli bo‘lmagan rassom, siz uchun ko‘rpa to‘qigan tikuvchi ayol haqida nimalarni aytib bera olasiz? Yoki Istanbulda tasodifan eski buyumlar do‘koniga duch kelib,  Otaturkdavrining ajoyib soatini topganingiz haqida butun bir hikoyangiz bormi?

  • Interyer sog‘lom turmush tarzini yaxshi ko‘radi

Yangi hashamat — bu wellnes uslubidagi interyer bo‘lib, u sizning ma’naviy va jismoniy salomatligingizga ijobiy ta’sir qiladi. SPA o‘rniga noodatiy hammom, “taktilli” divan, sifatli yotoq to‘shaklari yoki psixolog seansidan ko‘ra ko‘proq dam oldiruvchi momiq adyol. Buning hammasini uyingizdan joy oladi.