$100 верхний
РУ
O’Z
UZS
/
/
Yangi yil va dam olish kunlari tibbiyot muassasalari tun-u kun ishlaydi
30.12.2024

Yangi yil va dam olish kunlari tibbiyot muassasalari tun-u kun ishlaydi

Yangi yil va dam olish kunlari tibbiyot muassasalari tun-u kun ishlaydi

Avvalroq 2025-yilda 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni 4 yanvar — shanba kunidan 2 yanvar — payshanba kuniga ko‘chirilgani, 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun 2 yanvar — payshanba qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilani haqida xabar berilgandi. Yangi yil bayramida oʻzbekistonliklar ketma-ket olti kun dam oladi.

image

100 dollargacha bo‘lgan eng yaxshi sovg‘alar. QAYERDAN XARID QILISH MUMKIN?

icon

Sogʻliqni saqlash vazirligi ushbu dam olish kunlarida tibbiyot muassasalari qay tartibda ishlashi haqida ma’lumot berdi.

Ta‘kidlanishicha, bayram va qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarda tibbiyot muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirib borish maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligida alohida shtab tashkil etildi.

Shuningdek, 28-dekabr — 2-yanvar kunlari mamlakatimizdagi tuman (shahar), viloyat va respublika miqyosidagi barcha shifoxonalar, ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari hamda tibbiyot oliy o‘quv yurtlari klinikalari hamda hududlardagi 39 ta tumanlararo qo‘shma shikastlanish va o‘tkir qon-tomir kasalliklari markazlarida 40 ming nafar tibbiyot tizimi xodimlari qonunda belgilangan tartibda, navbatchilik asosida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatadi.

SSV xabarida qayd etilishicha, qo‘shimcha o‘rinlar va dori-dormonlar zaxirasi yaratilgan.

Qolaversa, bayram kunlari respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning hududlardagi 13 ta filiali hamda 200 ga yaqin aholi punktida joylashgan shoshilinch tibbiy yordam bo‘limlarida ham 24 soat davomida navbatchi shifokor va hamshiralar faoliyat yuritadi. Ushbu muassasalar zarur dori-darmonlar bilan taʼminlanib, zaxira o‘rinlari yaratilgan.

Bundan tashqari, bayram kunlari yurtimizdagi 230 ta tug‘uruq, 235 ta bolalar davolash muassasaci ham uzluksiz ish olib boradi. Respublika Call-markazi (1003) orqali esa tibbiyotga tegishli savollarga malakali mutaxassislardan tunu kun javob olish mumkin.

Xabar oxirida vazirlik aholidan ayyomni xush kayfiyatda qarshi olib, o‘z salomatliklariga eʼtiborli bo‘lishlarini so‘ragan.

Bu qiziq

100 dollargacha bo‘lgan eng yaxshi sovg‘alar. QAYERDAN OLAMIZ?
100 dollargacha bo‘lgan eng yaxshi sovg‘alar. QAYERDAN OLAMIZ?
Nafaqat ajoyib sovg‘a: eng yaxshi simsiz quloqchinlarni tanlaymiz
Nafaqat ajoyib sovg‘a: eng yaxshi simsiz quloqchinlarni tanlaymiz
Sharm al-Shayxga 700 dollardan sayohatlar. Batafsil so‘zlab beramiz
Sharm al-Shayxga 700 dollardan sayohatlar. Batafsil so‘zlab beramiz
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.