Yanvar oyida nimalarni tomosha qilish mumkin? Kinoning asosiy premyeralari
Kirib kelgan yil ko‘pgina qiziqarli filmlar bilan kutib olindi. Unda jangari filmlar ham, keskin trillerlar ham, qo‘rqinchli xorror filmlari ham mavjud. Umuman olganda, har qanday tomoshabin didiga mos film topsa bo‘ladi, shunday ekan, ro‘yxatni saqlab qo‘ying va namoyishni kuting.
O‘ta xavfli yo‘lovchi
Jahonshumul premyera: 17-yanvar
Janri: jangari, triller
Asl nomi: Flight Risk
Rollarda: Mark Uolberg, Mishel Dokeri, Tofer Greys
Rejissyor: Mel Gibson
Film deyarli hamyonbop - uni yaratishga taxminan 15 million dollar sarflangan, bu hozirgi Gollivud o‘lchovlari bo‘yicha bir chaqaga teng. Biroq bu yerda ikkita katta yulduz - Mark Uolberg (“Murtadlar”, “Mergan”, “Jangchi”) va Mishel Dokeri (“Jentelmenlar”, “Daunton abbatligi”) suratga tushgan. Filmni esa yana bir mashhur shaxs - Mel Gibson sahnalashtirgan.
Aftidan, bizni kamera trilleri kutmoqda, unda deyarli barcha voqealar kichik bir samolyotda sodir bo‘ladi. Bortda uch kishi: obro‘ga ega jinoiyatchiga qarshi guvohlik berishi kerak bo‘lgan mahbus, uni kuzatib borayotgan marshal va uchuvchi bor. Ko‘p o‘tmay, marshal uchuvchi o‘zini tanishtirgan odam emasligini sezib qoladi, u “mahbusni” o‘ldirish uchun mafiya tomonidan yuborilgan bo‘lishi mumkin. Ammo hamma muammo shundaki, samolyot allaqachon parvoz qilgan.
O‘g‘rilar ovi 2: Pantera
Jahonshumul premyera: 10-yanvar
Janri: jangari
Asl nomi: Den of Thieves 2: Pantera
Bosh rollarda: Jerard Batler, О’Shi kichik Jekson, Evin Axmad
Rejissyor: Кristian Gyudgest
2018-yilgi filmning davomi o‘ziga xos voqeani davom ettiradi. Bosh qahramon, sherif Nik O‘Brayen tutqich bermas qaroqchi Donni Uilsonni ta’qib qilishga jo‘naydi. Shu tariqa qahramonlarning Yevropa shaharlari bo‘ylab poygasi boshlanadi. Shu bilan birga, jinoyatchi nafaqat politsiyadan qochishga, balki yangi hujumni rejalashtirishga ham muvaffaq bo‘ladi.
Birinchi jangari film “O‘g‘rilar ovi” juda dinamik va keskin film sifatida esda qolgan. Uning davomini sahnalashtirish bilan aynan o‘sha rejissyor shug‘ullandi, bosh rollarni ham avvalgi aktyorlar ijro etdi - ikkinchi qism hech bo‘lmaganda asl nusxadagidek yoki undan ham yaxshiligiga shubhalanishga hech qanday sabab yo‘q.
Vulfmen
Jahonshumul premyera: 17-yanvar
Janri: dahshat
Asl nomi: Wolf Man
Rollarda: Juliya Garner, Kristofer Ebbott, Sem Jager
Rejissyor: Li Uonnell
Xorror ishqibozlari uchun mana yana bir film. Voqealar bunday filmlarga xos juda odatiy tarzda boshlanadi: yosh oila (er, xotin, qiz) o‘rmon o‘rtasidagi chekka bir uyga boradi. Yo‘lda ularga qandaydir bir mavjudot hujum qiladi - qahramonlar uyga yetib borishga va unga to‘siq qo‘yishqa ulgurishadi. Ammo keyin uy ichida ham ularni xavf-xatar kutayotgani ma’lum bo‘ladi.
Bu 1941-yilda suratga olingan “Bo‘ri odam” filmining remeyki. Ijodkorlar yana klassik xorrorni qayta ko‘rib chiqishga harakat qilishdi: ilgari rejissyor Li Uonnell Gerbert Uellsning romani asosida “Ko‘rinmas odam” spektakli bilan tanilgan va film muvaffaqiyatli chiqqan edi. Aftidan, sahnalashtiruvchi rejissyor o‘z o‘rnini topganga o‘xshaydi va eski “dahshat”ga zamonaviy nigohda yana bir asabni qitiqlamoqchiga o‘xshaydi.
Kompanion (Hamroh)
Jahonshumul premyera: 31-yanvar
Janri: Triller
Asl nomi: Companion
Rollarda: Sofi Tetcher, Jek Kued, Xarvi Gilen
Rejissyor: Dryu Xenkok
Film syujeti haqida faqat xulosa ma’lum xolos: badavlat kishining o‘limi ko‘ldagi uyda bir guruh yoshlar bilan sodir bo‘ladigan qonli voqealar zanjirini ishga tushiradi. Treyler kadrlariga qaraganda, syujet manyaksiz (yoki hatto bir nechta) o‘tmaydi, lekin voqea sir saqlanadi.
Shuni ta’kidlash joizki, Jek Kuayd “Yigitlar” (The Boys) seriali bilan mashhur, Sofi Tetcher esa “Shershni” teleseriali orqali tomoshabinlar yaxshi taniydi. “Kompanion”ning o‘ziga keladigan bo‘lsak, bu shubhasiz shafqatsiz va qo‘rqinchli triller bo‘ladi.