РУ
O’Z
UZS
/
/
“Sogʻlik va goʻzallik elchisi”. Taniqli bloger Shahnoza Sharipova bilan suhbat
28.11.2024 (yangilandi 29.11.2024)

“Sogʻlik va goʻzallik elchisi”. Taniqli bloger Shahnoza Sharipova bilan suhbat

“Sogʻlik va goʻzallik elchisi”. Taniqli bloger Shahnoza Sharipova bilan suhbat

Soʻnggi yillarda kundalik lugʻatimizga toʻgʻri ovqatlanish atamasi mustahkam oʻrnashdi. Bunga bir joydan jilmasdan ishlash oqibatida paydo boʻladigan kasalliklar sababchi. Aynan shunday ortiqcha vazn deb atalmash kasallik bilan kurashuvchi mutaxassis va bloger Shahnoza Sharipova bilan kasbiy faoliyati haqida batafsil suhbatlashdik.

Sogʻlom ovqatlanish bu nima? Parhez va toʻgʻri ovqatlanish oʻrtasida farq bormi? Mutaxassis sifatida qaysi birini afzal deb bilasiz?

Parxez va toʻgʻri ovqatlanish oʻrtasida mutlaqo farqliklar bor

Parhez:

  • Maʼlum bir maqsadga erishish uchun ovqatlanishni cheklash yoki oʻzgartirish. Masalan, vazn yoʻqotish, sogʻliq muammolarini davolash (qandli diabet, yurak kasalliklari va h.k.) yoki sport natijalarini yaxshilash uchun maxsus reja.
  • Oddatda vaqtinchalik. Koʻp holatlarda bir necha hafta yoki oylar uchun moʻljallanadi.
  • Koʻpincha muayyan ovqatlarni butunlay chiqarib tashlaydi yoki cheklaydi. Masalan, uglevodlarni yoki yogʻlarni kamaytirish.

Toʻgʻri ovqatlanish:

  • Bu — hayot tarzi. U doimiy va muvozanatli ovqatlanishni oʻz ichiga olib, tanaga zarur barcha ozuqalarni taqdim etishga qaratilgan. Uning maqsadi uzoq muddatli sogʻliqni saqlash.
  • Umrbod amal qilish mumkin. Bu barqaror va uzoq muddatli yondashuv.
  • Hech qanday qatʼiy cheklov yoʻq, lekin ozuqa moddalari muvozanatiga eʼtibor qaratiladi. Har bir guruhdan ozuqa mahsulotlari isteʼmol qilinadi (belgilangan miqdorda).
Sogʻlom turmush tarziga oʻtish qanchalik qiyin? Unda muvaffaqiyatga erishish uchun qanday strategiyalarni tavsiya qilasiz?

Sogʻlom turmush tarziga sekin-astalik bilan oʻtish kerak. Masalan, birinchi oy shirinliklarni kamaytirish, shu bilan birgalikda, uzoq hazm boluvchi uglevodlarni koʻproq isteʼmol qilish darkor.

Ikkinchi oyda esa yana bir odat qoʻshish kerak. Bitta toʻgʻri odatga oʻrgangandan keyin keyingilariga oʻtish toʻgʻri hisoblanadi. Bu organizmni charchatib ham qoʻymaydi, bezdirib ham yubormaydi.

Blogerlik faoliyatingiz davomida turli brendlar bilan ishladingiz. Hamkorlar bilan ishlashda qanday qiyinchiliklarga duch kelasiz?

Umuman qiyinchiliklarga uchramadim. Chunki men tartibli insonman, hammasini oldindan, detallarigacha hal qilib ishlashni yoqtiraman.

Va menda javobgarlik hissi kuchli boʻlgani uchun talab qilinadigan xizmatni maksimal darajada zoʻr qilishga harakat qilaman. Shu bois qiyinchiliklar boʻlmagan.

Blogging va kasbiy faoliyat oʻrtasida qanchalik uygʻunlik bor? Hozir qaysi yoʻnalishga koʻproq eʼtibor qaratyapsiz?

Hozir ikkala yoʻnalishda ham eʼtibormini qaratayapman. Toʻgʻrisini aytsam, juda ham kuchli jamoa izlayapman.

Faqatgina shunda ikkala yoʻnalishda ham barcha gʻoyalarimni amalga oshira olardim. Buning uchun hali koʻp ishlash kerakligini yaxshi tushunaman.

Farzand tarbiyasida nimalarga eʼtibor berish kerak? Shaxsiy tajriba bilan boʻlisha olasizmi?

Farzandga tarbiya berishni foydasi yoʻq, chunki ular nimani koʻrishsa, shuni qaytarishadi. Shuning uchun tarbiyani ota-onalar birinchi oʻrinda oʻziga berishi kerak.