Biznesingiz uchun kreditlar
РУ
O’Z
UZS
/
/
Yanvarda O‘zbekistonda -20 darajagacha sovuq bo‘lishi mumkin
30.12.2024

Yanvarda O‘zbekistonda -20 darajagacha sovuq bo‘lishi mumkin

Yanvarda O‘zbekistonda -20 darajagacha sovuq bo‘lishi mumkin

Ma’lum bo‘lishicha, 2025 yil yanvar oyining birinchi o‘n kunligida O‘zbekiston hududi bo‘yicha anomal sovuq yoki anomal iliq sharoitlar kutilmaydi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi (O‘zgidromet) xabar berdi.

image

2 milliard so‘mgacha kredit! Rasmiylashtirish – 1 kunda!

icon

Dastlabki prognozlarga ko‘ra, 1-yanvardan 10-yanvargacha havo harorati kechalari -3...+2°, kunduz kunlari +3...+8° ni tashkil etadi. Mamlakatning shimoliy hududlarida kechasi -3 dan -8° gacha sovuq bo‘lishi mumkin, kunduzi harorat 0 dan +5° gacha o‘zgarib turadi.

Keyinchalik oy oxirigacha harorat kechasi +3...+8° dan -3...-8° gacha, shimolda -10...-15° gacha; kunduzi +10...+15° dan -2...+3° gacha o‘zgarib turishi kutilmoqda.

Sinoptiklar, shuningdek, kirib kelayotgan yilning birinchi oyi davomida qisqa muddatli -10...-12 daraja sovuqqacha, respublikaning shimolida esa -17...-20 daraja sovuqqacha bo‘lishini prognoz qilmoqda.

Oyning ayrim kunlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kutilmoqda.

Bu qiziq

2 milliard so‘mgacha kredit!  Rasmiylashtirish – 1 kunda!
2 milliard so‘mgacha kredit! Rasmiylashtirish – 1 kunda!
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.