РУ
O’Z
UZS
/
/
Uyda shugʻullanish mumkin bo‘lgan 100 ta qiziqarli va foydali mashgʻulot gʻoyalari
15.11.2024

Uyda shugʻullanish mumkin bo‘lgan 100 ta qiziqarli va foydali mashgʻulot gʻoyalari

Uyda shugʻullanish mumkin bo‘lgan 100 ta qiziqarli va foydali mashgʻulot gʻoyalari

Kun va tunning istalgan vaqtida, muddati cheklanmagan, mavsumiyligi ham yoʻq bo‘lgan foydali ishlar roʻyxati. Shunchaki uyda shu mashg‘ulotlar bilan shugʻullansangiz, hayotingiz ijobiy tomonga o‘zgarish kafolatlanadi. Ayniqsa, bu mashg‘ulotlar xafa boʻlganingizda, hamma narsadan to‘yib ketganingizda yoki shunchaki zerikkan vaqtingizda kayfiyatingizni ko‘tarish va hayotga quvnoq nigoh bilan boqishingizga yordam beradi.

Ijodiy faoliyat

Rasm chizish va bo‘yash 

Agar sizda rassomlikka bo‘lgan ishtiyoq mavjud boʻlsa va siz qalam, bo‘yash cho‘tkasi bilan mohirona foydalana olsangiz, ijodiy rasmlar chizishingizning vaqti keldi. Avvaliga, raqamlar bo‘yicha bo‘yashdan boshlashingiz mumkin, keyin esa murakkabroq daraja – anime uslubida rasm chizishga oʻtishingiz mumkin.

To‘qish va tikish 

Agar siz ham biz kabi onangiz yoki bujuringizning “bichish va tikish” bo‘limi mavjud boʻlgan “Burda” jurnallarini yaxshi koʻrgan boʻlsangiz yoki mehnat darslarida eng qo‘li gul o‘quvchilardan biri boʻlgan boʻlsangiz, bu mashg‘ulot siz uchun. Shuningdek, tikish kurslariga yozilish mumkin – kim biladi, balki siz bir kun kelib oʻz kiyim brendingizni ochasiz.

O‘z qo‘llaringiz bilan bezak buyumlarini yaratish 

Marilin Monro tomonidan aytilgan “qizlarning eng yaxshi do‘stlari (olmoslar)” haqidagi qo‘shiq bekorga aytilmagan. Hali o‘sha qimmatbaho toshlarga pul yig‘lamagan boʻlsangiz, o‘z bo‘lmaganda ajoyib bijuteriya: marjonlar, uzuklar, sirg‘alar yasashni boshlashingiz mumkin. Ularni biser, yog‘och yoki metalldan yasashingiz mumkin. Bunday taqinchoqlar eksklyuziv faqat sizda bo‘ladi!

Shaxsiy kundalik yuritish 

“Qadrdon kundaligim, bugun yana sevib qoldim”. Esingizda bormi, shu kabi samimiy yozuvlarni yozganingiz? Ishonchimiz komilki, har bir o‘zini hurmat qiladigan qizda shaxsiy kundaligi bo‘lgan. Agar yo‘q bo‘lsa, tezda o‘z hissiyotlaringizni to‘liq yozib boradigan kattalar kundaligini tutishni boshlang. U yerda rejalaringiz, fikrlaringiz, orzularingiz va minnatdorchiligingizni yozishingiz mumkin.

Fotokolajlar yaratish 

Endi iPhone yoki fotokamerada olingan barcha fotosuratlaringizni chop etish vaqti keldi. Xotiralar telefoningizda turgani yaxshi, ammo haqiqiy va qog‘ozda chop etilgani yanada yaxshi.

Ta’limiy faoliyatlar

Yangi tilni o‘rganish 

Nechchi marta o‘zingizga “dushanba kunidan ingliz tilini o‘rganishni boshlayman” deb va’da qilgansiz? Endi bu ishni boshlash vaqti keldi. Onlayn repetitor toping yoki chet tili kurslariga yoziling. Bir necha oydan keyin chet tilida ravon gapira boshlaganingizda o‘zingizga rahmat aytasiz.

Kitoblar va maqolalarni o‘qish

Kitob o‘qish xotirani rivojlantiradi, miya salomatligini mustahkamlaydi va so‘z boyligini oshiradi. Bu mashg‘ulotning foydali tomonlari juda ko‘p. Shuningdek, bu telefonni varaqlagandan ko‘ra inson miyasini tinchlantirishga ancha ko‘proq yordam beradigan mashg‘ulotdir.

Onlayn kurslar va vebinarlar 

Tarix, san’at, rasmlar, musiqa asboblari chalish yoki psixologiya bo‘yicha vebinarlar – dunyoda o‘ranishimiz mumkin bo‘lgan qanchalar ko‘p narsa bor! Onlayn o‘rganish imkoniyati esa, doim band bo‘lganlarga yangi narsalarni o‘rganishlariga ham imkon beradi. Buning uchun faqatgina tugmani bosish kifoya.

Boshqotirmalar va krossvordlar yechish 

Bu ham xotirani yaxshilash va shu bilan birga xotirjamlikka erishish uchun ajoyib mashg‘ulot bo‘lib, u nafaqat bobolar va buvilar, balki zerikayotgan yoshlar uchun ham qiziqarli mashg‘ulotdir. Do‘stingiz yoki turmush o‘rtog‘ingiz bilan kim tezroq barcha katakchalarni to‘ldirib javoblarni to‘g‘ri topsa, mukofot mazali taom bilan mehmon qilish bo‘ladi.

Dokumental filmlar tomosha qilish 

Dokumental filmlar bu faqat “Animal Planet” emas. Netflix’da ko‘plab filmlar mavjud: aktyorlar, musiqachilar, moda brendlari, sportchilar, jinoyatlar va hattoki Jonni Dep va Amber Herdning ajralishiga bag‘ishlangan filmlar bor. Bu doimiy ravishda qiziqarli va foydali.

Jismoniy faoliyat

Uyda bajariladigan sport mashg‘ulotlari va fitnes 

Sport sog‘liq uchun muhim ekanligi haqida eslatib o‘tish shart emas. Jismoniy faoliyat kayfiyatni yaxshilaydi, gormonlar balansini to‘g‘irlaydi, tanani kuchliroq, egiluvchanroq va yengilroq qiladi. Bu sabablarning barchasi uyda sport bilan shug‘ullanish uchun asos bo‘ladi. Ertalabki mashq, limfodrenaj mashg‘uloti yoki YouTube’da workout – bepul va ro‘yxatdan o‘tmasdan ham amalga oshirilishi mumkin.

Yog‘a va meditatsiya

Bu yerda ham videolarni tomosha qilib, yoga va meditatsiyaga oid mashg‘ulotlar qilishingiz mumkin. Agar ishdan charchagan bo‘lsangiz yoki shunchaki to‘liq bo‘shashishni istasangiz, har kuni ertalab meditatsiya qilishga erinmang, shunda hayotga yangicha nigoh bilan boqishni boshlaysiz.

Sevgan musiqangizga raqs tushish 

Britni Spirs yoki Meladze qo‘shiqlari – farqi yo‘q, asosiysi musiqa baland ovozda bo‘lsin va tanangiz ritmga moslashsin. Buning asosiy bonusi shundaki, 40 daqiqalik raqs bilan 300-400 kaloriya yo‘qotishingiz mumkin. Bu bir butun kruassanni hazm qilish degani!

Ochiq havoda sayr qilish (agar imkoni bo‘lsa) 

Iloji boricha har kuni, hech bo‘lmaganda yarim soat davomida sayr qilish juda muhim. Hozirda hamma gapirayotgan 10 ming qadam qilish majburiyatini unutib, kundalik yurish – bu sog‘liq uchun eng muhim omil ekanligini yodda saqlaymiz. Agar uydan ishlayotgan bo‘lsangiz, deraza oldida yoki xonada telefondan gaplashgan vaqtingizda yursangiz ham foydali.

Uy hayvonlari bilan o‘ynash 

Uy hayvonlari bizning e’tiborimizga doim muhtoj bo‘ladi. Shuning uchun har kecha ular bilan o‘ynash uchun ozgina bo‘lsa-da, vaqt ajrating. Itingizga to‘p uloqtiring, mushugingiz bilan ipda baliq tutishni o‘ynang, baxtli uy hayvonining egasi ham baxtli ekanligini yodda tuting.

Oshpazlik eksperimentlari

Yangi taomlar tayyorlash 

Oshpazlik musobaqasiga qo‘shiling (hech bo‘lmaganda bir haftalik) va o‘zingizni hayratda qoldiring. Har kuni yangi taom tayyorlash shart: nonushta, tushlik yoki kechki ovqatdan keyingi desert – ahamiyati yo‘q. Tez orada siz yetkazib berish xizmatlaridan voz kechishingiz mumkin.

Pishirish va shirinliklar tayyorlash 

Sovuq fasllar – olma, nok, o‘rik va hatto kabachokli piroglarni tayyorlash mavsumidir. Yozda esa rezavorli krambl yoki panakotta va tartlar pishiriladi. Tortlar esa har faslda tayyorlanishi mumkin, ular istalgan faslda bizni quvontiradi – Napoleon, Medovik yoki Grafskiy Razvalinalar.

O‘z taomlaringizni yaratish 

Agar barcha taomlar bir hil bo‘lib qolgan bo‘lsa va ijtimoiy tarmoqlardagi retseptlar sizni ilhomlantirmasa – o‘z taomingizni ixtiro qiling. Yangi kombinatsiyalar, shirin va tuzli narsalar aralashmasini tayyorlashni sinab ko‘ring.

Pishloqlarni degustatsiya qilish 

Bu uyda o‘tkaziladigan ajoyib vaqt o‘tkazish uslubi bo‘lib, bu do‘stlaringiz va oilangizga yoqishi aniq. Pishloq tatib ko‘rish kechasini tashkil qiling: 10 turdagi pishloqlarni torting va do‘stlaringizga ularni faqat ta’midan tanish o‘yinini taklif qiling.

Uyda piknik tashkil etish 

Piknik – bu nafaqat yozda va bog‘da, balki qishda va o‘z kvartirangizda ham uyushtirish mumkin. Mehmonxonada romantik piknik o‘tkazish uchun: mehmonxonada pled to‘shang, mazali sendvichlar tayyorlang va termosga choy soling. Fon sifatida kolonkada qo‘yilgan qushlarning kuylari yoki proyektor orqali qiziqarli film tomosha qilishingiz mumkin.

Uyni tartibga keltirish

Umumiy uy tozalash 

Ha, bu ham vaqtichog‘likka kiradi. Ayniqsa, agar siz eng sevimli qo‘shiqlaringiz bilan changyutgichni ishlatishga yoki qiziqarli serial bilan narsalarni saralashga kirishsangiz. Oxirida esa, tozalikdan yaltirab turgan kvartirangizga qarab haqiqiy zavq olasiz.

Remont va dekoratsiya

Global ishlarga kirishmasak ham, devorga gulqog‘ozlar yopishtirish, mebel joyini o‘zgartirish yoki devorlarga ramkalar/posterlar osishingiz mumkin. Bu sizga yangi muhitni his qilish imkonini beradi va ko‘zlaringizni quvontiradi.

Ajoyib saqlash tizimi tashkil qilish 

Narsalarni tekshirib chiqing va ularni turli qutilar, sumkalar va organayzerlarga ajratib joylang, shuningdek, poyabzal javonini ham tartibga keltiring. Poyabzallar yozgi va qishkilarini ajratib, mavsumi o‘tganlarni yaxshilab tozalab, shkafning tepa qismlariga qutilarga solib olib qo‘ying.

O‘simliklarni parvarish qilish 

Agar siz uzoq vaqtdan beri uy hayvonini olishni istab, boshlanishiga biror o‘simlikni parvarishlab ko‘rmoqchimisiz. Unda o‘simlik do‘koniga borib, biror kichkina gul, tuvak va tuproq sotib oling hamda YouTube’dagi maxsus darslarni o‘rganib, o‘simligingizni to‘g‘ri parvarish qiling.

Uyda qulaylik yaratish 

Buning uchun sizga shamlar, chiroqlar va gullar kerak bo‘ladi. Bu uchta oddiy element uyga qulaylik muhitini yaratadi. Agar biror bayram mavsumi yaqinlashsa, masalan, Yangi Yil bayrami – buning uchun bir chiroyli archa va bayramona bezaklar kerak bo‘ladi.

Qalb xotirjamligi uchun mashg‘ulotlar

Musiqa va podkastlarni tinglash 

Insonni sevgan musiqasi sehrli kuchga ega: u umid beradi, og‘ir ish kunidan so‘ng yengillik beradi va qalb jarohatlarini davolaydi. Sevimli qo‘shiqlaringizni har kuni tinglang (hatto ishlayotganda), agar ulardan zerikib qolsangiz, foydali podkastni yoqing. Yo‘lda ketganda juda foydali bo‘ladi.

Meditatsiya va relaksatsiya 

To‘g‘ri dam ola bilish – bu san’at. Uyga kelganingizda, ishlar, tashvishlar va muammolardan uzilib, o‘zingizni bir soatgacha xotirjam his qilishni o‘rganing. Yaxshi fikrlar haqida o‘ylab, bo‘shashtiradigan vanna qabul qiling yoki meditatsiya qiling. Shunda o‘zingizni yengilroq his qilasiz.

Shukronalik kundaligini yuritish 

Shukronalik kundaligi – bu ijtimoiy tarmoqlarda va psixologlar tomonidan joriy etilgan trend. Har kuni kun oxirida o‘z “rahmatlaringiz” ro‘yxatini yozing: o‘z-o‘zingizga, oilangizga yoki do‘stlaringizga. Masalan, "Bugun sport mashg‘ulotiga borganim uchun rahmat, tanamga g‘amxo‘rlik qildim.”

O‘ylash uchun vaqt 

Tashvishlar va voqealar oqimida biroz to‘xtab, o‘zingizni eshitish va shunchaki o‘ylashga vaqt ajratish qiyin. Siz aslida nima istaysiz? Nima haqida orzu qilasiz? Sizni nima bezovta qiladi? Nimalardan qo‘rqasiz? O‘zingizni eng yaxshi do‘stingiz sifatida tinglang va har kuni hech bo‘lmaganda biroz vaqt davomida ichki ovozingizni eshitishga harakat qiling.

Dam olish uchun qulay burchak yaratish

Bu bolalar o‘ynaydigan chodir yoki yostiqlar bilan dam olish maydoni bo‘lishi mumkin, bu yerda kelganingizda siz faqat dam olishingiz kerak. Shu bilan birga u yerda o‘qish, musiqa tinglash, orzu qilish yoki film va seriallar ko‘rishingiz mumkin. Barcha ishlaringizni kompyuteringizda qoldiring, bu burchakka kompyuterni olib kirish yaramaydi.

Virtual o‘yinlar

Kompyuter o‘yinlari, pasyanlar va tanishuv dasturlari – bular barchasi sizni bir necha soat davomida zavqlantiradigan virtual o‘yinlardir. Ko‘pincha ular sovuq mavsumda ayni muddao bo‘ladi. Faqat berilib ketmang, uyqungiz kelishi bilan yotib dam oling.

Do‘stlar bilan onlayn o‘yinlar o‘ynash 

Agar yolg‘iz o‘ynash zerikarli bo‘lsa, do‘stlaringizni o‘ynashga taklif qiling. Ayniqsa, agar siz bir-birlaringizdan uzoq masofada yashasangiz yoki vaqt cheklangan bo‘lsa, bunday o‘yinlarga birgalikda o‘ynash yanada qiziqarli bo‘ladi.

Virtual ekskursiyalar va muzeylar 

Siz hech qachon Luvr, Panteon yoki Londonning “Tate Modern” muzeyida bo‘lmagangiz, lekin har doim ularni ko‘rishni orzu qilgan bo‘lsangiz, endi bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang. Yaxshi yangilik shundaki, buning uchun hech qanday viza kerak emas, virtual ekskursiyalar esa hozirda ochiq kirish imkoniyatiga ega.

Seriallar va filmlar ko‘rish 

Bu eng mashhur ko‘ngilochar mashg‘ulotlardan biri, shuning uchun biz ham buni eslatib o‘tishga ahd qildik. Sevimli sitkomingizni ko‘rib chiqing, “Sex and the City”dagi Kerri va Bigning hikoyasiga qayg‘urib yig‘lang yoki noyabr oyida chiqqan yangi seriallarini tomosha qiling. Bu ro‘yxatda ko‘p qiziqarli narsa bor.

Vidoe qo‘ng‘iroqlar orqali do‘stlar bilan muloqot qilish 

Texnologiyalar shu qadar rivojlandiki, endi siz nafaqat yaqinlaringizning ovozini eshitishingiz, balki ularni telefon ekranida ko‘rishingiz mumkin. Birodarlar, buvi-bobolaringiz yoki ota-onangiz bilan video qo‘ng‘iroq qilish – bu uyda o‘tkaziladigan eng yaxshi vaqt.

Onlayn viktorinalar va kvizlarda ishtirok etish 

Musiqiy kvizlar, seriallar bo‘yicha viktorinalar va boshqalar. Agar o‘zingizni bu borada mutaxassis deb hisoblab, bilimlaringizni tekshirishni xohlasangiz, onlayn musobaqalarda ishtirok eting. Bu qiziqarli va dunyoqarashingizni kengaytiradigan, yangi do‘stlar bilan tanishish imkonini beradigan mashg‘ulot.

Oila bilan birga o‘tkaziladigan vaqt

Oilaviy stol o‘yinlari o‘ynash  

Oilaviy “Jenga”, “Twister” yoki “Monopoliya” o‘yinlarini o‘ynang. Birgalikda o‘ynaladigan stol o‘yinlari – adrenalin va sog‘lom raqobatni shakllantiradi. Yutqazganlar esa idishlarni yuvadi.

Oilaviy oshpazlik kechalari 

Mehmonga chaqirish kechalarini uyushtirib, bir kun sizning uyingizda Fransiya taomlari, keyingi hafta opangizni uyida Italiya taomlarini tayyorlab mehmonga chaqiring. Har bir oila a’zolari maxsus davlat an’analarini tayyorlash talab qilinadi: taom pishirish, dasturxonga bezashva hatto o‘sha davlatning musiqalarini qo‘yib tayyorgarlik ko‘rish kerak bo‘ladi.

Uy teatrida o‘ynash 

Bu mashg‘ulot bolalar va barcha ijodkor oila a’zolaringizga yoqishi aniq. Sahna ko‘rinishi yarating, spektakl qo‘ying yoki pyesalarni rollarga ajratib o‘qing. Mehmonxona sahna, pardalarni esa sahna orti sifatida qo‘llash mumkin.

Oilaviy sport musobaqalarida ishtirok etish 

Bu qiyin, lekin amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan qiziqarli mashg‘ulotlardan biri. Agar uyingizdagi xona keng va katta bo‘lsa, badminton yoki futbol o‘ynash mumkin. Faqat ehtiyot bo‘ling, ayniqsa qandillar va vazalarni asrang.

Shaxsiy rivojlanish

Maqsadlar qo‘yish va rejalashtirish 

Ish daftaringizni qo‘lga olib, o‘z yillik – har hafta, har oylik va kvartal uchun rejalaringizni tuzing. Bir oydan so‘ng nimalarga erishish, nima sotib olish, qayerga borishni xohlaysiz? Eng asosiysi, bu orzularni amalga oshirish uchun byudjetni qanday hisob-kitob qilishni bilishingiz muhimdir.

Muvaffaqiyatlar kundaligini yuritish 

Maoshingiz ko‘tarildimi, yuqori lavozimga ko‘tarildingizmi, kvartira sotib oldingizmi yoki sport bilan shug‘ullanishni boshladingizmi – barcha, kichik yoki katta yutuqlaringiz uchun o‘zingizni maqtab qo‘ying va ularni maxsus muvaffaqiyatlar kundaligingizda yozib muhrlab qo‘ying.

Yangi mahoratlarni o‘rganish 

Chacha-cha raqsini o‘rganish, poker o‘ynash, kamida 10 marta otjimaniye qilish, apelsinlar bilan janglyorlik qilish yoki tez o‘qish kabi mahoratlarni o‘rganishga harakat qiling. Har qanday yangi qobiliyat – qimmatli tajriba, ishoning, bir kun qachondir u ham kerak bo‘ladi.

Motivatsion kitoblarni o‘qish

Bu faqat “O‘ylang va boy bo‘ling” kabi kitoblarni o‘qish emas (lekin uni ham albatta o‘qing). Kitoblar to‘plamingizni aynan motivatsion kitoblar bilan to‘ldiring (elektron variantda bo‘lsa ham) va o‘zingizga yoqqan sohada rivojlaning.

O‘zini tahlil qilish va refleksiya 

Eng muhimi – apatiyaga tushmaslik! O‘zingizni tahlil qilish bo‘yicha sog‘lom marafon o‘tkazing: oxirgi yillarda nimalar o‘zgardi, qaysi sohangiz zaiflashdi, qaysi biri yaxshigina rivojlandi. Bu xatolar ustida ishlashning birinchi qadamidir.

Ijtimoiy faoliyatlar

Volontyorlik va boshqalarga yordam berish

Uysiz hayvonlar jamg‘armasiga yordam berish, bolalar uyiga kiyim yig‘ish yoki xayriya uchun pul to‘plash – bu nafaqat sizning empatiyangiz va oliyjanobligingiz yuqori o‘rinda ekanligi haqida, balki bir kun kelib bularning barchasi sizga qaytib kelishini ishonch bilan aytamiz.

Onlayn jamiyatlarda ishtirok etish 

Shunday nomlanadigan qiziqishlaringiz bo‘yicha forumlarda sevimli kitoblaringiz, musiqangizni muhokama qilishingiz, sportga pul tikishingiz, yulduzlar haqida g‘iybat qilishingiz yoki bolalar tarbiyasi haqida bahs yuritishingiz mumkin. Ayniqsa, agar siz introvert bo‘lsangiz va biroz bo‘lsa-da, suhbatlashishni xohlasangiz.

Onlayn uchrashuvlar tashkil qilish 

Bu esa keyingi daraja. O‘z qiziqishlaringiz bo‘yicha guruh tuzing va har hafta uchrashuvlarni rejalashtiring, bu yerda siz yoqtirgan narsalarni boshqalar bilan muhokama qilish, memlar bilan almashish, shuningdek, uzoqdan choy ichish marosimlarini o‘tkazishingiz mumkin.

Xatlar va tabriknomalar yozish 

Bu ijtimoiy tarmoqlardan, xabarlar dasturlaridan va elektron pochta yozishmalardan charchagan romantik ruhdagi kishilar uchun. Chiroyli, mavzuga mos tabriknoma sotib oling va uni do‘stlaringizdan biriga yuboring, yoki sevgilingizga muhabbat xati yozing – pochta qutisi o‘rniga yostiqni ishlatishingiz mumkin.

Blog yaratish va yuritish 

Agar o‘z fikrlaringiz, bilimlaringizni baham ko‘rishni xohlasangiz, yulduzlarning qizil gilamdagi obrazlarini izohlashni yaxshi ko‘rsangiz, texnologiyalar dunyosidagi yangi funksiyalarni aytib berishingiz, go‘zal suratlar yoki sevimli retseptlar bilan postlar joylashtirishni xohlasangiz, shaxsiy blog yuritishni boshlang. Bu Telegram-kanal yoki Instagram sahifasi bo‘lishi mumkin. O‘zingizni namoyish etishdan qo‘rqmang!