Yer vaqtincha “ikkinchi Oy”ga ega boʻladi
Gravitatsion tortishish natijasida 2024 PT asteroidi tutib olinadi. U joriy yil 29-sentyabrdan 25-noyabrgacha sayyora bilan birga boʻladi.
Yer ikki oy davomida “ikkinchi Oy”ga ega boʻladi. Ushbu gʻayrioddiy hodisa haqida RNAAS jurnalida eʼlon qilingan tadqiqotda maʼlumot berildi.
Gravitatsion tortishish natijasida 2024 PT asteroidi tutib olinadi. U joriy yil 29-sentyabrdan 25-noyabrgacha sayyora bilan birga boʻladi. Shu vaqt mobaynida asteroid Yer atrofida xuddi kichik Oydek aylanadi, soʻngra asteroidlar kamariga qaytib ketadi.
Kosmik jism Yerning toʻliq orbitasi boʻylab aylanmaydi. Bu esa havaskorlar teleskopi bilan uni kuzatishni ancha qiyinlashtiradi, buning uchun professional asbob-uskunalar talab etiladi. Olimlar mini-Oy Yer orbitasiga faqat 2055-yilda qaytib kelishini aytmoqda.