Aktrisa Shahzoda Muhammedovaning turmush o‘rtog‘i unga Richard Mille soatini sovg‘a qildi


Aktrisa va dizayner Shahzoda Muhammedovaning turmush o‘rtog‘i, tadbirkor Marat Hamdamov rafiqasiga hashamatli sovg‘a taqdim etdi.
26-avgust kuni bo‘lib o‘tgan ulkan moda namoyishi boshlanishidan oldin u rafiqasiga 290 000 dollar qiymatidagi noyob Richard Mille soatini hadya etdi — bu narx taxminan Mercyedes-Benz G-sinfi avtomobilining narxiga teng.
Shahzoda Muhammedovaning o‘zi ushbu moda namoyishini tashkil etdi va unga taxminan 300 000 dollar mablag‘ sarfladi. Mazkur tadbir O‘zbekiston moda sanoati tarixidagi eng yirik tadbirlardan biriga aylandi.
Unda O‘zbekiston go‘zali, yirik moda tadbirlarining doimiy ishtirokchisi Nigina Faxriddinova ham ishtirok etib, o‘z fikr-mulohazalarini bildirgandi.