22.05.2025
Yevropa Ligasi. “Tottenhem” Yevropa Ligasi chempioniga aylandi


Muallif
Shohzamon Shuhratov
Bilbaodagi “San-Mames” stadionida bo‘lib o‘tgan Yevropa Ligasi finalida “Tottenhem” “Manchester Yunayted” ustidan 1:0 hisobida zafar quchdi va turnir g‘olibiga aylandi.
Uchrashuvdagi yagona gol 42-daqiqada Brennan Jonson tomonidan kiritildi. U Papa Matar Sarrning ajoyib pasidan keyin raqib darvozasini ishg‘ol qildi va bu yakunda o‘yin taqdirini hal qildi.
London klubi o‘z tarixida 3-marta mazkur musobaqada zafar quchdi. Shu bilan birga, ular Chempionlar Ligasi yo‘llanmasiga ham ega chiqdi.
Yevropa Ligasi
Final
21-may, chorshanba
- “Tottenhem” — “Manchester Yunayted” 1:0
- Gol: 1:0 — Jonson (42).