РУ
O’Z
UZS
/
/
Zaha Hadid Architects Yangi Toshkentdagi madaniy obyektlar majmuasini loyihalashtirdi
27.09.2024

Zaha Hadid Architects Yangi Toshkentdagi madaniy obyektlar majmuasini loyihalashtirdi

Zaha Hadid Architects Yangi Toshkentdagi madaniy obyektlar majmuasini loyihalashtirdi

Jahonga mashhur Zaha Hadid Architects kompaniyasi Yangi Toshkentdagi Xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Adabiyot muzeyi va Milliy maqom markazini oʻz ichiga olgan majmua loyihasini yaratdi.

Yangi Toshkentdagi Alisher Navoiy nomidagi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Adabiyot muzeyi va Milliy maqom markazini oʻz ichiga olgan majmua jahonga mashhur Zaha Hadid Architects kompaniyasi tomonidan loyihalashtirilgan. Bu haqda 26-sentyabr kuni Shavkat Mirziyoyevga taqdimotda soʻz yuritildi.

“Boʻlajak majmua oʻziga xos dizayni va funksionalligi bilan diqqatga sazovor. Unda estetika va qulaylik mohirona birlashtirilib, atrof-muhit bilan uygʻunlik hosil qiladi”, — deb yozdi davlat rahbari matbuot xizmati.

Aprel oyi boshida Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi ilk obyektlar: “Yangi Oʻzbekiston” universiteti va Toshkent davlat pedagogika universitetining kampuslari, Milliy kutubxona, Milliy teatr, shuningdek, Alisher Navoiy nomidagi xalqaro ilmiy tadqiqot markazi, ijod maktabi, Adabiyot muzeyi va Milliy maqom markazini oʻzida jamlagan “maʼnaviyat majmuasi” qurilishiga start bergandi.

Zaha Hadid Architects kompaniyasi taniqli arxitektor Zaha Hadid tomonidan 1979-yilda asos solingan, bosh qarorgohi Londonda joylashgan. Kompaniya deyarli 45 mamlakatda 1000 ga yaqin loyihani amalga oshirgan.

Eng mashhur loyihalar qatoriga Bokudagi Haydar Aliyev markazi, Rimdagi XXI asr sanʼati milliy muzeyi (MAXXI), 2012-yilgi Olimpiya oʻyinlari uchun London suv sporti markazi, Sinsinnatidagi Rozental zamonaviy sanʼat markazi, Guanchjou opera teatri va boshqalar kiradi. 2016-yilda Zaha Hadid vafot etganidan beri byuroni uning sherigi Patrik Shumaxer boshqarib kelmoqda.