“Zara”dan “Dior”gacha, Sofi Lorendan Emma Stoungacha: Ikatni podium va kundalik hayotda qanday kiyishadi?
Ikat – bir qarashdanoq o‘ziga jalb qiladigan yorqin naqsh bo‘lib, bekorga uni O‘zbekistonning “ipak mo‘jizasi” deb atashmaydi. Zargarlik mehnati (an’anaviy ikat qo‘lda tayyorlanadi), naqsh chizishning nozik texnologiyasi, eng boy mato (ipak va paxta) bo‘yoqlarning bari ikat haqida so‘zlaydi.
Ikat uzoq vaqtdan beri barcha davrlarning moda trendlari sifatida tasniflangan. Bu ajablanarli emas – axir aynan shu naqsh moda dizaynerlari tomonidan ishlatilib, mashhur brend shoularining “yulduzli mehmoni”ga aylandi va mashhur aktrisalar libosida qizil gilamga chiqdi. Ikatning boshqalardan farqli jihati uning haqiqiyligi va o‘ziga xosligi – ilohiy rangi, eng murakkab ishlab chiqarish texnikasi va ayniqsa “suratbop” – ham hashamatli ham ommabop brendlar bilan ideal tarzda uyg‘unlashishi bejizga emas.
Ikat podium namoyishlarida
Moda sanoatida ikat “kashfiyotchilaridan” biri dizayner Oskar de la Renta bo‘lib, Oskar de la Renta bo‘lib, u AQSHdagi atelyesida o‘tirib tasvirni o‘rganish bilan cheklanmadi, balki mahalliy madaniyatga muhabbat qo‘yib, moda texnologiyasini o‘rganish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurdi. “Oscar de la Renta” modalar uyi ikatga bagʻishlangan toʻplamlarini bir necha marta: 2008, 2013 va 2019-yillarda namoyish etgan.
Ushbu mashhur naqsh namunalarini “Dior”, “Balenciaga”, “Gucci”, “Dries van Notten” to‘plamlarida va keyinchalik “ALEKSANDRAVIKTOR” va frasuz brendi “Eres”da ko‘rish mumkin edi.
Ko’ylaklar, kimonolar, shortilar, shimlar, yubkalar, paltolar va hatto ayollar suzish kiyimlari – butun moda dunyosi ikatdan tashkil topganga o‘xshaydi.
Ikatning yorqin “renessansi” 2022-yil va “Ralf Loren” brendining bahorgi kolleksiyasi bo‘ldi. Brendning reklama kampaniyasini qanday ajoyib ko‘rinishda ekaniga bir qarang!
Ommaviy bozorda va yosh brendlar orasida ikatning roli
Ommaviy bozor hashamatli brendlardan ortda qolmadi. Masalan, modachilar orasida eng mashhur brendlardan biri (va malika Keyt Middletonning sevimlisi) – “Zara” ham mamnuniyat bilan erkaklar va ayollar kiyimlarining yozgi variantlariga ikat qo‘shdi.
Rossiya brendlari ham “ikatomaniya”ga qo‘shildi va mamnuniyat bilan o‘z yorqin mahsulotlarini taqdim etdi: “Boheme Apparel”dan nimcha va kimano, “IZBA Rouge” ko‘ylaklari, “Ikat&More” sumkalari va aksessuarlari alohida ta’kidlash lozim bo’lgan san’at namoyishlaridir.
Qaysi mashhurlar ikat kiyadi?
Ikat nafaqat moda olami namoyondalarining, balki mashhurlarning ham sevimli kiyim elementi bo‘lib, hatto bir necha marta qizil gilamning asosiy qahramoniga aylangan. Masalan, aktrisa Emma Stoun “O‘rgimchak-odam” filmining premerasida, hamkasbi Zoi Kravitz esa “Katta kichkina yolg‘on” serialining taqdimotida (aytgancha, uning libosi “Oscar de la Renta”dan edi) ikat elementlari bo‘lgan liboslarda chiqishgan. Albatta, aktrisa Kameron Diazning figurasiga mukammal mos kelgan “Altuzarra”dan ikat texnikasida tayyorlangan libosi haqida ham aytib o‘tmay iloji yo‘q.
Shu bilan birga, yulduzlar bilan ikatning so‘nggi kollaboratsiyasida model Kayi Gerber va “Katta shahardagi seks” yulduzi Sinti Niksonning ko’rinishlarini ham ta’kidlab o‘tmoqchimiz.
Ikat “Vogue” jurnalida
Ikat 60-yillarda “Vogue” jurnalida ham paydo bo‘ldi. Jurnalning bu chiqishi nafaqat naqsh uchun, balki shu naqshli kiyimni kiygan aktrisa uchun ham o‘zgacha va ahamiyatli bo‘lib qoldi. Keyinroq maʼlum boʻlishicha, oʻsha suratga olish jarayoni Sofi Lorenning “Vogue” jurnalidagi birinchi chiqishi boʻlib, italiyalik yulduz o‘sha jarayonni oʻzgacha iliqlik va gʻurur bilan eslaydi.