17.03.2025
“Zumrad shahri sehrgari: Sariq gʻishtli yoʻl” filmi oʻzbek tilida dublyaj qilindi


Muallif
Shohzamon Shuhratov
15-mart kuni “Kinopoisk” portaliga “Zumrad shahrining sehrgari: Sariq gʻishtli yoʻl” filmining oʻzbekcha dublyajdagi versiyasi joylanadi.
Personajlarga quyidagilar ovoz berdi:
- Elli — Shahrizoda Kamaldinova;
- Sher — Mahmud Ismoilov;
- Bastinda — Dilfuza Shonazarova;
- Gingema — Nazokat Abdurahmonova;
- Villina — Zarina Otajonova;
- Totoshka — Diyorbek Ibragimov;
- Odamxoʻr — Aziz Latipov;
- Ota — Nodir Mirzaahmedov;
- Dala qoʻriqchisi — Oʻtkir Alimov;
- Oʻtinchi — Ixtiyor Otajonov;
- Ona, Sichqon — Laziza Mirkomilova;
- Urfin Jus — Ortiq Nuriddinov;
- Qargʻa — Otabek Iskandarov;
- Miltildoq ayol — Maftuna Isagaliiyeva.
Premyera oʻzbek va qozoq tillarida dublyaj bilan chiqariladi. Tarjima va dublyajni avvalroq “Tarjimon”, “The Equalizer”, “Nojentlmencha ishlar vazirligi”, “Garfild”, “Bad Boys: Ride or Die”, “Bridjet Jons: Yashash vaqti keldi” va boshqa filmlarni oʻzbek tiliga oʻgirgan “Kitchen Russia” dublyaj studiyasi amalga oshirdi.