верхний кино
РУ
O’Z
UZS
/
/
1-iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida vizasiz rejim joriy etiladi
13.05.2025

1-iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida vizasiz rejim joriy etiladi

1-iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida vizasiz rejim joriy etiladi

Ikki mamlakat fuqarolari davlatlar hududida 30 kungacha vizasiz bo‘lishlari mumkin. Undan oshgan muddatlar uchun esa viza talab etiladi.

image

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!

icon

Joriy yilning 1-iyunidan boshlab O‘zbekiston fuqarolari Xitoyga vizasiz safar qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar bermoqda.

Vazirlikning qayd etishicha, o‘tgan yilning dekabr oyi boshida O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida imzolangan hukumatlararo bitim kuchga kirishiga qaratilgan davlat ichki protseduralari tugallandi.

Ko‘rsatilgan xalqaro shartnomaning qoidalariga binoan, hujjat 2025-yilning 1-iyunidan kuchga kiradi. Bitim ikki mamlakat fuqarolarining o‘zaro vizasiz safarlariga doir masalalarni tartibga soladi.

Hujjat bilan ikki davlat fuqarolari mamlakatga kirish, undan chiqish yoki tranzit qilish uchun har bir alohida bo‘lish muddati 30 kundan oshmaydigan va har qanday 180 kunlik davr ichida jami 90 kundan ortiq bo‘lmagan muddatda viza talablaridan ozod qilinadi.

Bunda tomonlarning davlatlari hududiga har bir kirish va bo‘lish muddati 30 kundan oshmasligi lozim. Agar mamlakatda qolish muddati 30 kundan oshadigan bo‘lsa, viza olish talab etiladi.

Vizasiz rejim mehnat faoliyati, o‘qish va media faoliyati bilan shug‘ullanish, shuningdek, boshqa tomon vakolatli organlarining oldindan roziligini talab qiladigan boshqa turdagi faoliyat bilan shug‘ullanishga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Bu qiziq

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.