Toshkent–Lahor yoʻnalishida aviaparvozlar tiklanmoqda: narxlar haqida maʼlumot
Reyslar 29-noyabrdan boshlab haftada bir marta — juma kunlari amalga oshiriladi.
100 nafar doʻstingizni taklif qilib, iPhone 16 Pro yutib oling!
Uzbekistan Airways 29-noyabrdan boshlab Toshkent–Lahor yoʻnalishidagi aviaqatnovlarni haftada bir marta, juma kunlari qayta tiklamoqda.
Chiptalar narxi bir tomonga 2 125 799 soʻmdan boshlanadi. Toshkentdan parvoz soat 6:00 da boshlanib, Lohurga soat 8:20 da yetib boradi. Qaytish reysi Lahordan 9:20 da joʻnab, Toshkentga 11:45 da yetadi.
Pokiston oʻzbekistonliklar va yana 125 mamlakat fuqarolari uchun viza toʻlovlarini bekor qildi, elektron vizalarni bepul rasmiylashtirish imkonini berdi. Bu chora sayohatlarni osonlashtiradi va yoʻnalishni yanada jozibador qiladi.
Chiptalarni Uzbekistan Airwaysʼning rasmiy veb-sayti, mobil ilovasi yoki aviakompaniya agentliklari orqali xarid qilish mumkin.