РУ
O’Z
UZS
/
/
17-19-noyabr kunlari haftaboshida Oʻzbekistonda ob-havo maʼlumoti: nisbatan iliq va quruq boʻladi
15.11.2024

17-19-noyabr kunlari haftaboshida Oʻzbekistonda ob-havo maʼlumoti: nisbatan iliq va quruq boʻladi

17-19-noyabr kunlari haftaboshida Oʻzbekistonda ob-havo maʼlumoti: nisbatan iliq va quruq boʻladi

“Oʻzgidromet” yangi haftaning boshida respublika boʻylab qanday ob-havo kuzatilishini maʼlum qildi. Harorat biroz iliq boʻlishi kutilmoqda.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati

Havo biroz bulutli boʻladi, 17-noyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi, 18-19-noyabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. 17-noyabrda baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-noyabrda 1° sovuq-4° iliq, 18-19-noyabrda 0-5° iliq, kunduzi 7-12° iliq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari

Havo biroz bulutli boʻladi, 17-18-noyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi, 19-noyabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. 17-18-noyabrda baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-noyabrda 0-5° iliq, 18-19-noyabrda 2-7° iliq, kunduzi 12-17° iliq boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari

Havo biroz bulutli boʻladi, 17-18-noyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi, 19-noyabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. 17-18-noyabrda baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-noyabrda 0-5° iliq, 18-19-noyabrda 2-7° iliq, kunduzi 12-17° iliq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari

Havo biroz bulutli boʻladi, 17-18-noyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi, 19-noyabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. 17-18-noyabrda baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-18-noyabrda 2-7° iliq, 19-noyabrda 4-9° iliq, kunduzi 15-20° iliq boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. 17-18-noyabrda baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-18-noyabrda 0-5° iliq, 19-noyabrda 2-7° iliq, kunduzi 10-15° iliq boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlari

Havo biroz bulutli boʻladi, 17-18-noyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi, 19-noyabrda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 3-8° iliq boʻladi.