Asal Shodiyeva goʻzalligining sirini oshkor qildi


Aktrisa Asal Shodiyeva oʻz YouTube kanalini yurita boshladi. U meykap jarayonidan tutorial video joyladi.
Unda sanʼatkor boʻyanish uchun aynan qanday pardoz vositalar foydalanishini koʻrsatib, oro berish jarayonini tasvirga olgan.
Muxlislar bunday uslubdagi videoni iliq qarshi olib, aktrisa sharafiga ijobiy izohlarni yozib qoldirgan. Ular makiyaj juda ham chiroyli ekanini yozishgan.
Jumladan, bunday pardoz chiroyli odamlarni yanada chiroyli qilishi taʼkidlangan. Ayrimlar Asal pardoz qilmasa ham, goʻzal ekanini taʼkidlab, unga omad tilagan.
Baʼzi muxlislar demak Shodiyevaning goʻzalligi siri pardoz-andozda ekanda deya hazil-mutoyiba qilgan. Boshqalar esa bu taqliddagi izohlarni inkor qilishga uringan.