верхний кино
РУ
O’Z
UZS
/
/
World Boxing. Musobaqaning ikkinchi kuni 6 nafar o‘zbekistonlik bokschi g‘alaba qozondi
15.05.2025

World Boxing. Musobaqaning ikkinchi kuni 6 nafar o‘zbekistonlik bokschi g‘alaba qozondi

World Boxing. Musobaqaning ikkinchi kuni 6 nafar o‘zbekistonlik bokschi g‘alaba qozondi

Polshaning Varshava shahrida tashkil qilingan World Boxing tashkiloti kubogi ikkinchi bosqichining navbatdagi kunida o‘zbekistonlik 6 nafar bokschi ringga chiqib, ularning barchasi g‘alaba qozondi.  

image

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!

icon

O‘zbekiston tarkibidagi yagona ayol bokschi Xumorabonu Mamajonova -57 kg vazn toifasida bahslarga kirishdi va o‘zining ilk jangida mo‘g‘ilistonlik Michidma Erdenedalaini 5:0 hisobida mag‘lub etdi. -70 kg vaznda ringga chiqqan G‘ofurjon Tohirov ham keyingi bosqichga yo‘l oldi. U  kosovalik Shpetim Bajokuni 5:0 hisobida yengdi.

Javohir Ummataliyev (-80) mezbon Nakodem Kozakka hech qanday imkoniyat qoldirmadi — 5:0.  Akmaljon Isroilov esa (-85 kg) Uels vakili Daniyel Pittdan 5:0 hisobida ustun keldi.  Samandar Olimov (-60 kg) mo‘g‘ilistonlik Enhtur Tegshjargalni dog‘da qoldirgan bo‘lsa (5:0), turnirdagi o‘zining ikkinchi janggini o‘tkazgan Jahongir Zokirov (+90 kg) yana g‘alaba qozondi. Sportchi bu safar turkiyalik Mujahit Ilyasni hakamlarning yakdil qarori bilan mag‘lub etdi.

O‘zbekistonlik bokschilarning qayd etgan natijalari:

  • -57 kg: Xumorabonu Mamajonova — Michidma Erdenedalai (Mo‘g‘uliston) 5:0
  • -70 kg: G‘ofurjon Tohirov — Shpetim Bajoku (Kosovo) 5:0
  • -80 kg: Javohir Ummataliyev — Nikodem Kozak (Polsha) 5:0
  • -85 kg: Akmaljon Isroilov — Daniyel Pitt (Uels) 5:0
  • -60 kg: Samandar Olimov — Enkhtur Tegshjargal (Mo‘g‘uliston) 5:0
  • +90 kg: Jahongir Zokirov — Mujahit Ilyas (Turkiya) 5:0

Musobaqaning 3-kungi dasturlarida 5 nafar o‘zbekistonlik bokschilar ringga chiqishi belgilangan.

Juftliklar bilan tanishing:

  • -55 kg: Mirazizbek Mirzahalilov — Kory Jones (Uels) 14:45
  • -65 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev — Ousainou Hansen (Germaniya) 16:15
  • -80 kg: Javohir Ummataliyev — Villiam Cholov (Bolgariya) 17:00
  • -85 kg: Akmaljon Isroilov — Samet Ersoy (Turkiya) 17:30
  • -75 kg: Fazliddin Erkinboyev — Kauye dos Santos (Braziliya) 22:00

Bu qiziq

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.