1
РУ
O’Z
UZS
/
/
O‘zbekistonda joriy haftada: 8–12-sentyabr kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?
08.09.2025

O‘zbekistonda joriy haftada: 8–12-sentyabr kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekistonda joriy haftada: 8–12-sentyabr kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?

“O‘zgidromet” 8–12-sentyabr kunlari respublika hududida qanday ob-havo kuzatilishi haqida ma’lumot berdi.

Butun ish haftasi davomida O‘zbekiston hududi bo‘yicha asosan quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, deya xabar berdi O‘zgidromet matbuot xizmati.

Faqat 8-sentyabr kuni kunduzi Toshkent viloyatining ayrim tumanlarida va 12-sentyabr juma kuni Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 28-33°, janubda 35-38° gacha bo‘ladi.

Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Toshkent va Farg‘ona viloyatlarining ayrim tog‘li hududlarida 8-10-sentyabr kunlari qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Toshkentda: 8 sentyabr kuni o‘zgaruvchan bulutli, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Shamol sharqdan 3-6 m/s tezlikda esadi, 8-sentyabrda ayrim joylarda 8-10 m/s gacha kuchayishi mumkin. Kechasi harorat asosan 18-20°, kunduzi 30-32° bo‘ladi.

Bu qiziq

Mavsumni qo‘ldan boy bermang
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.