28.03.2025
O‘zbekistonda Ramazon hayiti namozining o‘qilish vaqtlari e’lon qilindi


Muallif
Shohzamon Shuhratov
Musulmonlar idorasi Ramazon hayiti namozining o‘qilish vaqtlarini e’lon qildi. U Toshkent shahrida soat 06:30 da, boshqa hududlarda namoz vaqtidagi tafovutni inobatga olib o‘qiladi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ramazon hayiti 30-mart, yakshanba kuniga to‘g‘ri kelayotgani munosabati bilan hayit namozi vaqtlarini belgilab chiqdi.
Shunga ko‘ra, yakshanba kuni hayit namozi quyidagi vaqtlarda o‘qiladi:
- Andijon viloyati 06:20;
- Namangan viloyati 06:20;
- Farg‘ona viloyati 06:20;
- Toshkent viloyati 06:30;
- Toshkent shahar 06:30;
- Samarqand viloyati 06:40;
- Sirdaryo viloyati 06:40;
- Jizzax viloyati 06:40;
- Qashqadaryo viloyati 06:45;
- Surxondaryo viloyati 06:45;
- Buxoro viloyati 06:50;
- Navoiy viloyati 06:50;
- Xorazm viloyati 07:05;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi 07:15.
Eslatib o‘tamiz, hayitning birinchi kuni yakshanbaga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan dam olish 31-mart, dushanbaga ko‘chiriladi. Ramazon hayiti kuni Toshkent metropoliteni soat 4:00 dan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi.